Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) 3-aprel kuni Toshkent shahrida chempionlikni himoya qiladi.
Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan boks kechasida Ahmadaliyev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, mazkur boks kechasida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov kabi nomdor o‘zbekistonlik bokschilar jang o‘tkazadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etish joiz, bu Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzahalilov uchun prof boksdagi debyut jang bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev 2020-yilning yanvarida Daniel Romanni mag‘lub etib, bir yo‘la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)