Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 3-turida “Kanvon” 9-mart, seshanba kuni “Chonbuk Motors” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 60-daqiqasida Kim De Von mehmonlar hisobni ochdi. Bunga maydon egalari 85-daqiqada Kim Bo Kyonning goli bilan javob qaytardi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Gustavo Enrike “Chonbuk”ga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda Rustam Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa “Kanvon” mavsumdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. “Chonbuk” 7 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Key-Liga
3-tur bahsi
9-mart, seshanba
“Chonbuk Motors” — “Kanvon” 2:1
Gollar: 0:1 – 60 Kim De Von, 1:1 – 85 Kim Bo Kyon, 2:1 – 90+3 Gustavo.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)