Olmaliqning OKMK futbol klubi “Paxtakor” himoyachisi Akrom Komilov transferini e’lon qildi.
OKMK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoa Komilovning transfer huquqini “Paxtakor”dan to‘liq sotib olgan. Kelishuvning moliyaviy shartlari aytilmagan.
Chap qanot himoyachisi yangi klubida 2-raqam ostida harakat qiladi.
OKMK Komilovni PFL ro‘yxatidan o‘tkazgan va 9-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritgan.
Avvalroq OKMK Komilovni ijaraga olganini e’lon qilgandi. Biroq “Paxtakor” matbuot xizmati himoyachi hali jamoadan ketmagani va Olmaliq klubi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)