So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Islom Karimovning vafotidan so‘ng O‘zbekiston davlat to‘ntarishi ostonasiga kelib qolganmidi?

    04.03.2021, 11:28 162958

    O‘zbekiston Islom Karimovning vafotidan so‘ng davlat to‘ntarishi yoqasiga borib qolgani haqida gap-so‘zlar “haqiqatga mutlaqo yaqin emas”, o‘shanda keyingi prezidentlikka Shavkat Mirziyoyevdan “boshqa muqobil nomzod” yo‘q edi. Bu haqda O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Kirill Altmanning “Alter Ego” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Kirill Altman suhbat davomida Senat raisi birinchi o‘rinbosariga shunday savol bilan murojaat qildi: “Karimovning o‘limidan so‘ng O‘zbekiston davlat to‘ntarishi ostonasiga kelib qolgani, Toshkent aeroportiga Rossiya maxsus xizmat bo‘linmalari, samolyotlari yetib kelgani haqida mish-mishlar bor. Bu gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqin?”.

    Sodiq Safoyev.

    Sodiq Safoyev.
    Kadr: YouTube / “Alter Ego”
    Haqiqatga mutlaqo yaqin emas. O‘shanda men ham bor edim, Senatda ishlardim. O‘zbekistonning qadimiy davlatchilik ildizlari borligini inobatga oling, bu xalqning genetik kodida bor narsa va, ba’zida, bu narsa rivojlanishimizga ham xalal beradi. Fyogel degan nemis olimi bor, u Markaziy Osiyo mamlakatlarini “gidravlik davlatlar” — suv xo‘jaligiga bog‘langan davlatlar deb atagan. Jamiyatning yashab qolishi barqarov suv ta’minoti tizimiga bog‘liqligi — bizda esa aynan shunday, qishloq xo‘jaligining 90 foizi sun’iy sug‘oriladi — har doim markazlashgan boshqaruvni talab qiladi. Busiz xaos (tartibsizlik) bo‘ladi, rivojlanish bo‘lmaydi, hatto oddiy ishlab chiqarish ham bo‘lmaydi.

    Bunday holatda davlatning markazlashgan boshqaruvli bo‘lishi muhim, chunki bu jarayonlarning barini boshqaradigan yagona markaz kerak. Fyogel aytadiki, “odamlar jamiyatning barqaror taraqqiy etishi omillariga ega bo‘lish uchun ming yillar davomida o‘z erkinliklarining bir qismini topshirishga rozi bo‘lgan”. Bu, uni taniqli olim aytganiga qaramay, ehtimol, bahsli fikrdir, ammo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi shuni ko‘rsatadiki, bu yerda odamlar ham, isteblishment (qudrat egalari) ham davlatchilik institutlariga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lgan.

    O‘sha vaqtda (Islom Karimov vafot etganida) ham keskin harakatlar bo‘lmasligi tushunarli edi, hammasi muhokamalar asosida, tabiiy bo‘lgan. Yodimda, Mustaqillik maydoni atrofidagi binolarning hech birida bahslashuvlar bo‘lmagan. O‘shanda ham kunu tun joyimizda bo‘lib, ishlaganmiz, muhokama qilganmiz. Umuman olganda, hammasi eng boshidan biz uchun kutilganidek edi.

    Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev: “MXXda yana bitta g‘o‘ddaygani bor edi. Vatan xiyonatchisi bo‘lib, hozir umrbod qamaldi. G‘ulomov degan noinsof. Uning ildizlari bor haliyam”
    • Shavkat Mirziyoyev MXXning sobiq mulozimini “sotqin” deb atadi (audio)
    • “U ba’zi to‘dalarga qo‘shilgan edi”. Prezident sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmedboyev nima uchun ishdan olinganini aytdi
    • Zargar Ahmed Aliyev: “MXX raisi birinchi o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov Shavkat Mirziyoyevni jismonan yo‘q qilmoqchi bo‘lgan”
    Islom Karimovning vafotidan so‘ng kim prezident bo‘lishini bilarmidingiz, degan savolga javob berarkan, Sodiq Safoyev: “Buni qanday bilish mumkin o‘zi? Oxir-oqibat, deylik, saylov jarayoni bor, barcha ta’sir doiralarining kelishuv jarayoni bor”, — dedi. Prezidentlikka kimlar nomzod bo‘lgani haqidagi savolga Senat raisi birinchi o‘rinbosari uning uchun yagona nomzod Shavkat Mirziyoyev bo‘lganini ta’kidladi.

    “Men uchun nomzod Mirziyoyev edi, so‘zsiz. Men uni har doim yaxshi bilganman va o‘shanda undan boshqa muqobil nomzod yo‘q, deb hisoblaganman. Va eng boshidan men har doim hamma joyda bu nomzodni yakdil qo‘llab-quvvatlagaman”, — dedi Sodiq Safoyev.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?