O‘zbekiston Prezidenti 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasini taqdim etdi. Prezidentning chiqishi “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Prezident parlamentga murojaati davomida Oliy sud rahbariyatini tanqid qilarkan, ularga Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbarlaridan biri — Adham Ahmedboyevning nima uchun ishdan olinganini eslatib o‘tdi.

Sobiq ichki ishlar vaziri Ahmedboyevning generallik unvonlari qaytarib olinganini, hozir qayerda yurganini bilasan. Sotqinligi, xiyonatchiligi uchun.

IIVning rahbari, O‘zbekiston vaziri bo‘la turib, bir-ikki to‘daga qo‘shilgani uchun, uni vijdonim qabul qilmadi — ikkita generalini ham olib tashladim. General-leytenantmish!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston IIVga uch yil rahbarlik qilgan Adham Ahmedboyev 2017-yil 4-yanvarida o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. O‘shanda uning Prezident Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani aytilgan edi.