Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tashkilot faoliyatini boshlagan 1987-yildan keyingi davrning eng yaxshi darvozabonlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Unga ko‘ra, “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon reytingning birinchi pog‘onasida qayd etildi. “Real” sobiq posboni Iker Kasilyas ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, “Chelsi” sobiq darvozaboni Petr Chex kuchli uchlikka yakun yasadi.

Top-20 lik reyting bilan tanishing:

1. Janluiji Buffon (“Yuventus”, Italiya) – 357 ball

2. Iker Kasilyas (“Real”, Ispaniya) – 260

3. Petr Chex (“Chelsi”, Chexiya) – 218

4. Edvin van der Sar (“Manchester Yunayted”, Niderlandiya) – 201

5. Manuel Noyer (“Bavariya”, Germaniya) – 200

6. Peter Shmeyxel (“Manchester Yunayted”, Daniya) – 179

7. Oliver Kan (“Bavariya”, Germaniya) – 162

8. Xose Luis Chilavert (“Veles Sarsfild”, Paragvay) – 146

9-10. Valter Zenga (“Inter”, Italiya) – 132

9-10. Andoni Subisarreta ( “Barselona”, Ispaniya) – 132

11-12. Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya) – 130

11-12. Klaudio Taffarel (“Galatasaroy”, Braziliya) – 130

13. Mishel Pryudomm (“Standard”, Belgiya) – 124

14. Fabyen Bartez ( “Manchester Yunayted”, Fransiya) – 115

15. Devid Simen (“Arsenal”, Angliya) – 114

16. Viktor Valdes (“Barselona”, Ispaniya) – 113

17. Ugo Lyoris (“Tottenhem”, Fransiya) – 112

18. Dida (“Milan”, Braziliya) – 109

19. Vitor Bayya ( “Portu”, Portugaliya) – 94

20. Keylor Navas (PSJ, Kosta-Rika) – 93

IFFHS ro‘yxatni shakllantirishda o‘zining ortda qolgan har bir yildagi reytingini umumlashtirdi. Hisob-kitoblarga har yili top-20 likdan o‘rin olgan darvozabonlar kiritildi. Birinchi o‘ringa 20 ball, ikkinchi o‘ringa — 19 va hokazo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov