Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi, hozirda faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov Instagram tarmog‘ida o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuvga o‘z munosabatini bildirdi.
Buni piar deb o‘ylayapsizmi? Men ham shunday deb o‘ylay desam, bularga piarning nima keragi bor? Ular san’atkor bo‘lmasa. To‘g‘ri, piar faqat san’atkorlarda bor deb bo‘lmaydi. Hozirda sportchilarimiz ham ulardan qolishmayapti. Xullas, bu vaziyatni tushunmadim.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ergashev va G‘iyosov Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zaro gap talashgandi.Shahram bilan deyarli har kuni suhbatlashamiz. Biroq bu borada o‘zidan ham so‘ramabman ham. Nima bo‘lgan taqdirda ham ular O‘zbekiston bayrog‘ini himoya qilmoqda. Shunday ekan hammasini omadini bersin.
Fazliddin G‘oibnazarov, bokschi
Izoh (0)