Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha Stranja—2021 musobaqasi davom etmoqda.
24-fevral kuni musobaqaning 3-kungi uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ringga ko‘tarildi. Ularning barchasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining g‘alabasi qayd etildi.
Terma jamoa yetakchisi, super og‘ir (+91 kg) vazn toifasida harakat qiluvchi Bahodir Jalolov musobaqadagi birinchi jangini fransiyalik Murad Aliyevga qarshi o‘tkazdi. Besh raund to‘liq davom etgan jangda Jalolov 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.
Stranja—2021 musobaqasidagi janglar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.
O‘zbekistonlik bokschilarning natijalari bilan tanishing:
- -69 kg: Bobousmon Boturov — Gurgen Modoyan (Armaniston) 5:0
- -60 kg: Rayhona Qodirova — Aslaxan Mehmedova (Bolgariya) 5:0
- -63 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Vanderson de Oliveyra (Braziliya) 5:0
- -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov — Kristian Nikolov (Bolgariya) 5:0
- +91 kg: Bahodir Jalolov — Murad Aliyev (Fransiya) 5:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)