Qatar va Avstraliya terma jamoalari 2021-yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogida qatnasha olmaydi.
Bu borada terma jamoalar Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasiga rasman ma’lum qildi.
Qatar va Avstraliya koronavirus pandemiyasi sabab cho‘zilib ketgan JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashida ishtirok etishi zarur. Bundan tashqari Qatar yozda Yevropa Chempionati saralash bosqichida ham qatnashadi. Mazkur sabablar tufayli OFK mintaqasi terma jamoalari Kopa Amerika musobaqasida ishtirok etishdan bosh tortgan.
Avvalroq OFK mintaqasidagi saralash o‘yinlari 3—15-iyun kunlari markazlashgan tizimda bo‘lib o‘tishini ma’lum bo‘lgandi.
Koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yildan 2021-yilga ko‘chirilgan Amerika Kubogi 11-iyundan 11-iyulga qadar Argentina va Kolumbiya maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi chempioni Braziliya terma jamoasi hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)