• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Amerika ovozi” jurnalisti: “AQShda OAVlar odamlarni qiynayotgan kichik, maishiy muammolarni yozmaydi, bunga hojat ham yo‘q, aslida”

    “Amerika ovozi” jurnalisti Navbahor Imomova Amerika Qo‘shma shtatlarida Ommaviy axborot vositalari aholi duch kelayotgan kichik, maishiy muammolarni aslo yoritmasligini, bunga ehtiyoj ham yo‘qligini aytib, muammo fuqaro va tashkilot o‘rtasida hal bo‘lishini bildirdi. Bu haqda jurnalist “Daryo” muxbiri bilan onlayn muloqotida ma’lum qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Navbahor Imomova ayni kunda Farg‘ona viloyatidagi Chimyon oromgohida bo‘lib o‘tayotgan to‘qqizinchi an’anaviy mediaforumida so‘z olib, bugungi kun o‘zbek jurnalistikasining erkinligi-yu, o‘zbek amaldorlarining OAVga ochiqligi haqida so‘z yuritgan.

    “Jurnalist uchun hech qachon yaxshi va ko‘ngildagidek hukumat bo‘lmaydi, hukumat esa, jurnalistga doim ham barcha ma’lumotlarni ochiq-oydin aytishni, bildirishni istamaydi. Har ikki tomonda ham qarama-qarshi tomondan ko‘ngil to‘lmasligi yoki unga to‘laqonli ishonch bo‘lmasligi bor gap”, — dedi Navbahor Imomova.

    Jurnalist bugungi kun o‘zbek jurnalistikasi haqida so‘z yuritib, so‘z erkinligi borasida ildamlikka erishilayotganini, biroq O‘zbekiston OAVlari asosan murojaatlarni o‘rganuvchi va xalq nazdida muammoni hal etuvchilarga aylanib qolayotganini yoqlamasligini bildirdi.

    “OAV xalq muammosini eshitib, uni omma e’tiboriga havola qilgani yaxshi, albatta. Ammo OAV xalqqa muammoni yechuvchi, uni hal qiluvchi bo‘lib ko‘rinib qolmasligi kerak. Jurnalist ham muammoni o‘rganishdan oldin, murojaatchiga masalani astoydil o‘rganib chiqishini, ammo uning hal etilishi borasida katta va’da bermasligini aytishi lozim. Fuqaro esa, OAVga muammoni hal qiluvchi emas, muammo haqida jamoatchilikka xabar beruvchi vakil sifatida qarashga o‘rganishi shart. Afsuski, bugungi kunda O‘zbekistonda OAVga murojaat qiluvchi fuqarolardan ‘nega jurnalist meni eshitib, muammomni olib chiqmayapti, nega mening ishimni hal qilmayapti, jurnalistlarga prezidentning o‘zi ishonch bildirgan-ku’, degan mazmundagi shikoyatlarni eshitib qolamiz. Yaqinda menga Namangandagi bir maktab direktori telefon qilib, maktabdagi muammoni olib chiqishimni so‘radi. Men esa maishiy muammolarni olib chiqmasligimni bildirdim va mahalliy OAVlarga murojaat qilishni taklif qildim. Direktor esa, respublikadagi OAVlar hech narsani hal etmasligini, hatto respublikadagi eng katta internet nashri uning muammosini uch-to‘rt marotaba olib chiqqanini, biroq masala haligacha hal etilmaganini aytdi. Shunda men OAV muammoni hal etuvchi emas, muammodan jamoatchilikni xabardor qiluvchi ekanligini ta’kidladim. Lekin murojaatni buni tushunishni ham istamadi”, — deydi Navbahor Imomova.

    Foto: Elyor Olimov

    Foto: Elyor Olimov

    Navbahor Imomova mediaforum ishtirokchilari bilan onlayn suhbati davomida bugungi kun jurnalistlari xalq muammosini o‘rganib, mas’ul rahbarlardan izoh so‘rash bilan bir qatorda fuqarolarning o‘ziga ham talab qilayotgan huquqlaridan tashqari majburiyatlari ham borligini eslatib turishi lozimligini bildirdi.

    “Murojaatchi fuqaro o‘z haq-huquqlarin talab qilayotgani yaxshi, albatta. Ammo u o‘z huquqlarini talab qilish bilan birga o‘z majburiyatlarini ham esdan chiqarib qo‘ymasligi lozim. Buni esa, biz — jurnalistlar eslatib turishimiz kerak”, — dedi xorijda faoliyat yurituvchi jurnalist.

    “Daryo” muxbiri xalqaro jurnalist Imomova bilan suhbatda o‘zbek amaldorlari, masalan, tuman hokimlari-yu, joylardagi boshqarma boshliqlari o‘zi ko‘rib turgan muammo qachonki OAVda chiqsa yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalsagina uni bartaraf etishga o‘rganib qolayotganini aytib, AQShda faoliyat yurituvchi amaldorlarda ham shunday holat bor yoki yo‘qligi bilan qiziqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yo‘q, AQShda OAVlar odamlarni qiynayotgan kichik, maishiy muammolarni umuman yozmaydi. Bunga ehtiyoj ham yo‘q, aslida. Boisi biror bir tashkilot va fuqaro o‘rtasidagi muammo fuqaroning o‘sha tashkilotga murojaat qilishi bilan yechim topadi. Agar tashkilotning o‘zida yechim bo‘lmasa, fuqaro mahalliy vakiliga murojaat qiladi. Undan ham yechim bo‘lmasa, Kongressdagi vakiliga chiqib, muammoga yechim izlaydi. Odamlarni qiynayotgan kichik va maishiy muammolar shu tarzda o‘z yechimini topadi. OAVlar aralshuviga ehtiyoj ham sezilmaydi. Amaldorlar ham fuqarosi oldida mas’uliyatli ekanligini yaxshi biladi. Tan olish kerak AQSh amaldorlarida ham bugungi o‘zbek amaldorlarida kuzatilayotgan holat, ya’ni muammo toki OAVda yozilmaguncha, ijtimoiy tarmoqlarda chiqmaguncha yechim izlamaslik holati bo‘lgandir, shu sabab ham bundan bir asr avval AQSh OAVda maishiy, oddiy muammolar ham yoritilgan. Biroq bu holat ayni kunda yo‘q. O‘zbek OAV va amaldorlaridagi mazkur holat ham o‘tkinchi, albatta, bu bosqichdan hamma o‘tadi”, — dedi Navbahor Imomova.

    Mavzuga doir: “Bu bizda shakllangan siyosiy madaniyat”. Sardor Umrzoqov amaldorlar Prezident bilan uchrashuvda nima uchun bloknotlarga qaydlar yozib borishi haqida

    25.02.2021, 09:42   Izoh (0)   17339
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” “Shovvozsoy” dam olish maskani bo‘yicha izoh berdi (foto)

    25.02.2021, 09:26

    Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakati to‘xtatildi

    25.02.2021, 09:10

    O‘zbekistonda chakana savdo do‘konlari ijarasi narxi 17 foizga o‘sdi

    25.02.2021, 08:37

    Namanganda 25 nafar fuqaroga ajratilgan 669,4 mln so‘mni tadbirkor va bank xodimlari talon-toroj qilgani aniqlandi

    25.02.2021, 07:53

    Toshkentda turmush o‘rtog‘ini yolg‘on bilan uyiga qaytarmoqchi bo‘lgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    25.02.2021, 07:07

    O‘zbekistonda bir oilaga o‘rtacha nechta farzand to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

    25.02.2021, 00:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.