• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    2001-yilda “Uzuklar hukmdori” va “Garri Potter” filmlari ekranga chiqqan edi. Oradan 20 yil o‘tib Redkliff va Vud ularni muhokama qilish uchun uchrashdi

    2001-yilda “Garri Potter va hikmatlar toshi” va “Uzuklar hukmdori” filmlari namoyish etilgan. Dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan filmlarning 20 yilligi sharafiga Empire jurnali Garri Potter va Frodo Beggins rolini ijro etgan Deniel Redkliff va Elayja Vud bilan suhbatlashdi. Bu haqda “Kinopoisk” ma’lum qildi.

    Foto: “Kinopoisk”

    Foto: “Kinopoisk”

    Frodo va Garri bir-birini taniydimi?

    Redkliff va Vud Empire’ga intervyu berishdan oldin faqatgina bir marta “Garri Potter” filmining suratga olish maydonchasida ko‘rishgan. O‘shanda Vud Piter Jekson bilan tashrif buyurgan edi. Redkliffning yoshi 13, Vudniki 22 da bo‘lgan.

    https://www.instagram.com/p/CLMzZb0BOc4/?utm_source=ig_embed

    “Garri Potter” va “Uzuklar hukmdori” filmlari musobaqalashgani rostmi?

    Ommaviy axborot vositalari doimiy ravishda ikkita franshizani bir-biriga qarshi qo‘yib, tomoshabinlar o‘rtasida raqobat tuyg‘usini paydo qildi. Biroq aktyorlar hech qachon raqobatni sezmagan. To‘g‘ri, ko‘plab tomoshabinlar 2000-yillarning boshlarida parallel ravishda chiqarilgan franshizalarni chalkashtirib yuborgan va aktyorlarni ham bir-biri bilan adashtirgan. Redkliffning ta’kidlashicha, ikkisining ham bo‘ylari past, moviy ko‘z va jigarrang soch bo‘lsa-da, ularni aslida bir-biriga o‘xshash jihati yo‘q. Yaponiyada bo‘lib o‘tgan taqdimotda Redkliff hattoki “Uzuklar hukmdori” filmi suratiga “Men Elayja Vud emasman” deb yozgan edi.

    Foto: “Kinopoisk”

    Foto: “Kinopoisk”

    “Garri Potter” Redkliffning bolaligini o‘g‘irladimi?

    Rekliffning so‘zlariga ko‘ra, u va uning hamkasblari shu qadar ko‘p ijod qilganidan mashhurlikning hayotiga ta’sirini anglashga ham ulgurmagan. Aktyor suratga olish ishlaridan keyin bor-yo‘g‘i bir chorakka bo‘lsa ham maktabga qaytishni yomon ko‘rar edi. “Mening bolaligim odatdagidek o‘tgan, deb ayta olmayman, lekin u juda qiziqarli va muhabbatga to‘la edi. Men o‘rta sinf ingliz bolasi edim va boshqa bolalar qatori maktabga borardim. Suratga olish maydonchasida esa umuman boshqa tabaqadagi odamlar bor edi va bu menga dunyoni yanada kengroq tushunishga yordam berdi”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Garri Potter haqidagi “Afsungarlar toshi” filmi suratga olinishdan avval Redkliff dastlab ikki kartina uchun shartnoma imzolagan. O‘sha vaqtda uning o‘zi hali J.K. Roulingni kitoblarini o‘qimagan edi. Aktyor uzoq va keng ko‘lamli loyihaning bir qismiga aylanayotganini sezmagan, biroq yillar davomida u asarni yoqtirib qoldi. Har yili uning ota-onasi suratga tushishni davom ettirasanmi, deya so‘rar, aktyor “ha” deb javob berar edi.

    Redkliffning so‘zlariga ko‘ra, “Garri Potter” unga hayotda nima xohlayotganini erta anglab yetishi uchun nihoyatda foydali bo‘lgan. Biroq ba’zi sahnalarni ijro etishdan ham uyalgan. Shuningdek, dastlabki muvaffaqiyat unga moliyaviy mustaqillik va turli xil loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini bergan.

    Foto: “Kinopoisk”

    Foto: “Kinopoisk”

    Qaysi sahnalarni suratga olish qiyin bo‘lgan?

    Redkliff uchun franshizaning eng qiyin qismi to‘rtinchi filmdagi suvosti sahnalari bo‘lgan. Ushbu jarayonni suratga olish 6 hafta davom etgan. Chunki texnik guruh har kuni 10 soniyani suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Umuman olganda, aktyor filmni suratga olishda 41 soat suv ostida bo‘lgan, bundan oldin u dayving kursini ham tugatgan.

    Redkliff “Uzuklar hukmdori”, Vud esa “Garri Potter” haqida qanday fikrda?

    Deniel Redkliff “Uzuklar hukmdori” filmini Garri Potter ijodkorlari uchun maxsus namoyishda tomosha qildi va hamkasbining ijrosiga qoyil qoldi. Vud esa Yangi yil bayrami arafasida oila davrasida Garri Potter filmini tomosha qildi va film unga yoqdi.

    Aktyorlarning 11-sentabr voqealari haqidagi xotiralari qanday?

    Ikkala film ham 2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin ekranlarga chiqqan. Fojia sodir bo‘lgan kuni Vud Shon Bin va Orlando Blum bilan Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga uchib kelgan va deraza orqali osmono‘par binoning qanday yonayotganini ko‘rgan. Uchuvchi yo‘lovchilarga samolyotlar terrorchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani va Sinsinnati shahriga qo‘nganini aytgan. Shuning uchun ham barcha reyslar bekor qilinganligi sababli aktyorlar bir hafta davomida qolib ketgan. Fojiadan keyin Warner Bros “Garri Potter” aktyorlari uchun shaxsiy samolyotlarni yollagan.

    Foto: “Kinopoisk”

    Foto: “Kinopoisk”

    Hozirda franshiza aktyorlarda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otmoqda?

    Aktyorlar filmlar odamlarga yordam berishda davom etayotganidan mamnun. Redkliffning so‘zlariga ko‘ra, Garri Potter haqidagi filmning yettinchi qismidagi muvaffaqiyatsiz tryukdan so‘ng falaj bo‘lgan kaskadyor – Devid Xolmsning bir oylik og‘ir operatsiyasiga “Uzuklar hukmdori” yordam bergan. Vudning tanishiga esa Gollumning hikoyasi giyohvandlikning yengishga yordam bergan.

    Vud va Redkliff ularning ishtirokisiz yaratilgan keyingi loyihalar haqida qanday fikrda?

    Amazon’ning “Uzuklar hukmdori”deb nomlangan yangi seriali Vud uchun juda g‘alati tuyuldi. “Bu ‘Uzuklar hukmdori’ emas. U ikkinchi asrda, biz aytgan voqealardan ming yil avval sodir bo‘ladi”, − deydi Vud. Shuningdek, u ispan rejissori Xuan Antonio Bayonni yoqtirgani va ijodkorlar trilogiyaga nisbatan davomiylikni saqlab, suratga olish ishlarini Yangi Zelandiyada tashkil etishini ta’kidladi. Redkliff esa “Garri Potter” dunyosi kengayishda davom etayotganidan xursand. Lekin ikkala aktyor ham yaqin yillarda franshizaga qaytishni rejalashtirmayapti.

    Mavzuga doir:

    • “Uzuklar hukmdori” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi? (foto)
    • HBO Max “Garri Potter” filmlari asosida serial suratga oladi
    • “Garri Potter” filmi aktyorlari 20 yildan so‘ng qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    25.02.2021, 17:35   Izoh (0)   21157
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yoxanssondan popkorn, Klunidan tekila: Gollivud yulduzlarining qo‘shimcha daromadlari

    24.02.2021, 17:34

    Orasida katta yosh farq bo‘lsa-da, sevishgan juftliklar rolini ijro etgan Bollivud yulduzlari (foto)

    24.02.2021, 16:35

    “Oltin globus” mukofoti tashkilotchilari korrupsiyada ayblandi

    24.02.2021, 15:58

    “Kul, baxtli bo‘l! Kim biladi, erta keladimi, yo‘qmi?”. Bollivud qiroli Shohrux Xon ishtirokidagi filmlardan eng yaxshi iqtiboslar

    24.02.2021, 14:33

    “Avatar 2” filmining suratga olish jarayonida Keyt Uinsletning o‘lishiga bir baxya qoldi

    24.02.2021, 12:58

    Internetda “Titanik”ning muqobil yakuni keng muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

    22.02.2021, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.