Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Garri Potter” franshizasining tez orada serial ko‘rinishidagi davomi ham paydo bo‘ladi. HBO Max striming servisi hozirda bu boradagi ishga jalb etiladigan bir nechta ssenariynavislar bilan muzokara olib bormoqda, deb yozadi “Bazaar.ru”.

Foto: “Bazaar.ru”

Foto: “Bazaar.ru”

Kanal rahbariyati ayni vaqtda barchaga sevimli bo‘lgan tarixni televideniye tiliga qanday qilib “o‘girish” va uni televizion ekranga moslashtirish masalalarini muhokama qilmoqda. Platforma vakillarining ta’kidlashicha, “Garri Potter” seriali hozircha ishlab chiqarish jarayonida emas. Aftidan, barcha ishlar hali dastlabki bosqichda.

“Garri Potter” — Warner Bros. studiyasining eng qadrli franshizasi hisoblanadi. Joan Rouling qalamiga mansub 7 ta kitob asosida suratga olingan filmlar butun dunyo prokatida 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan.

“Shuningdek, studiya portfoliosida ‘Garri Potter’ olamida sodir bo‘lgan va uning prikveli hisoblangan ‘Fantastik maxluqlar’ seriyasi ham mavjud. Unda hozirga qadar 2 ta film chiqqan va uchinchi qismga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, shundan so‘ng yana ikkita yakuniy qismlarni suratga olish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Yaponiyada “Garri Potter”ning sehrli olamiga bag‘ishlangan bog‘ barpo etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?