Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yozuvchi Joanna Rouling qalamiga mansub bestseller roman 2001—2011-yillar davomida ekranlashtirilgan bo‘lib jami 8 qismdan iborat. Film aktyorlari suratga olish jarayonlari yakunlanganidan keyin ham karyerasini davom ettirganiga qaramay muxlislar uchun aynan mazkur filmdagi roli bilan sevimli hisoblanadi.

Deniel Redkliff

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Aktyor “Garri Potter”ning barcha qismlarida suratga tushgan. Suratga olish jarayonlari yakunlanganidan keyin “Mutlaq hokimiyat”, “Jungli”, “Pretoniyadan qochish” va “Ustasi faranglar-2” filmlarida rol ijro qilgan. Ayni vaqtda 31 yoshda bo‘lgan Redkliff, hali oila qurmagan.

Emma Uotson

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Filmda Germiona Greynjer rolini ijro qilgan aktrisa “Merlin bilan 7 kun va tun”, “Sohibjamol va maxluq”, “Sfera”, “Kichik ayollar filmida suratga tushgan. Shaxsiy hayoti haqida izoh berishni istamaydigan Uotson, o‘zi bilan o‘zi baxtli ekanini ta’kidlaydi.

Rupert Grint

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Filmda Garrining do‘sti Ron Uizli qahramonini gavdalantirgan aktyor, “Oy firibgarligi” filmi hamda “Katta o‘lja”, “Xizmatchi” seriallarida suratga tushgan. U 2011-yildan beri Jorjiya Grum bilan uchrashadi va 2020-yilning mayida ota bo‘lgan.

Bonni Rayt

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Jinni Uizli qahramonini gavdalantirgan Bonni, bir necha yil davomida teatrda rol ijro qilgan va qisqa metrajli filmlarni suratga olgan. Bundan tashqari “Dengiz”, “Faylasuflar”, “O‘yinchilar uchun shosse” filmlarida suratga tushgan. Aktrisa hech kim bilan uchrashmaydi va asosiy vaqtini karyerasi uchun sarflaydi.

Tom Felton

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Drako Malfoy qahramoni bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor, “Maymunlar sayyorasi qo‘zg‘aloni”, “Birinchi darajali qotillik”, “Megan Livi” filmlari va “Flesh” serialida suratga tushgan. Aktyorning ham shaxsiy hayotida hozircha hech kim yo‘q.

Metyu Lyuis

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bir necha yillar avval bola qahramonlar rolini gavdalantirgan aktyorlarning katta bo‘lgandagi surati bilan solishtirish va Nevil Longbottomni hammadan ham yaxshiroq ko‘rinishga ega deb hisoblash urfda bo‘lgan. Aktyor “Sen bilan uchrashguncha”, “Sindikat” va “Terminal” filmlarida rol ijro qilgan. Aktyor 2018-yilda Anjela Jons bilan turmush qurgan.

Reyf Fayns

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Volan-de-Mort rolini ijro qilishdan avval Reyf, “Shindler ro‘yxati” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Shundan keyin u “Grand Budapesht mehmonxonasi”, “007: Spektr”, Nureyev: oq qarg‘alar” filmida suratga tushgan. 2021-yil fevralda esa uning ishtirokidagi “Kingsmen: ibtido” filmi premyerasi bo‘lishi kutilmoqda. Aktyor Aleks Kinston bilan turmush qurgan keyinchalik ajrashgan.

Meggi Smit

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa filmda Minerva Makgonagall rolini ijro qilguniga qadar ham yetarlicha taniqli bo‘lgan. Ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori “Daunton Abbatligi” seriali hamda “Merigold mehmonxonasi” va “Furgondagi xonim” filmlarida rol ijro qilgan. Ikki marta turmush qurgan aktrisaning ikki farzandi va besh nafar nabirasi bor.

Evanna Linch

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Luna Lavgud roli ijrochisi “Mening ismim Emili”, “Jey Gollivudda” filmlarida ham ishtirok etgan. Aktrisa turmushga chiqmagan va farzandlari yo‘q.

Helena Bonem Karter

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Aktrisaning Bellatrisa Lestreynj rolidan keyin eng mashhur bo‘lgan ijrosi “Toj” serialidagi malika Margeret obrazi hisoblanadi. Bundan tashqari Helena, “Zolushka”, “Sufrajist” hamda “Alisa sehrli oyna ortida” filmlarida esda qolarli qahramonlarni gavdalantirgan. U 2001-yildan 2015-yilgacha rejissor Tim Berton bilan uchrashgan va hozirda ikki farzandning onasi.

Maykl Gembon

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Albus Dambldor roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor bundan avval ham taniqli bo‘lgan. Keyinchalik u “Vitse-qirolning uyi”, “Kingsmen: Oltin uzuk”, “Judi” filmlarida suratga tushgan. Ayni vaqtda 80 yoshda bo‘lgan aktyorning birinchi turmushidan bir o‘g‘li, ikkinchi turmushidan esa ikki nafar farzandi bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?