“Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk bahsi doirasida kechgan “Latsio”ga qarshi o‘yinda (4:1) ishtirok etdi.
26 yoshli futbolchi musobaqa doirasidagi dastlabki 50 ta o‘yinida 38 ta g‘alabaga erishdi va bu borada Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi.
Kimmix jamoadoshi Tomas Myuller va “Real” yarim himoyachisi Kazemironi ortda qoldirdi. Ular Chempionlar Ligasidagi dastlabki 50 ta o‘yinda 36 marta g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)