Xitoyning “Tyanszin Taygers” (sobiq “Tyanszin Teda”) klubi bankrotlik yoqasida turibdi. Bu haqda Xitoy matbuotiga tayanib Titan Sports Plus xabar qilmoqda.
Klubga 1998-yildan buyon egalik qilib kelgan Teda kompaniyasi futbolga ortiq pul ajratmoqchi emas. Shuningdek, mahalliy hukumat ham klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirmayapti.
Katta ehtimol bilan klub tarqatib yuboriladi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoada O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to‘p suradi.
“Tyanszin Taygers” 2020-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Xitoy Superligasida jon saqlab qolgandi.
Mavzuga doir:
- Italiyadan Polshagacha. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda?
- Odil Ahmedov Samyuel Eto’O bilan janjallashib qolgani haqida gapirdi
- Eto’Odan Geynrixgacha. Odil Ahmedovning o‘zi birga o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasi
- Odil Ahmedov Ektor Kuperning O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishiga nima sabab bo‘lganini aytdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)