• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Gazeta kerak, albatta. Qachonki, o‘quvchisi bo‘lsa. Majburiy obuna qilingan nashr baribir o‘qilmaydi” — Sherzodxon Qudratxo‘ja

    O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja bosma nashrlarda faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar bilan muloqotda gazetalarning “yashab qolishi” haqida so‘z yuritib, “Gazeta kerak, albatta, qachonki uning o‘z o‘quvchisi bo‘lsa. Majburiy tartibda obuna qilingan nashr baribir o‘qilmaydi”, dedi. Bu haqda Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tayotgan to‘qqizinchi an’anaviy Chimyon mediaforumida so‘z bordi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, mediaforumga mehmon sifatida taklif qilingan Sherzodxon Qudratxo‘ja “An’anaviy jurnalistika va elektron OAV raqibmi yoki hamkor? Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat rivojidagi o‘rni” mavzusida so‘z yuritib, an’anaviy jurnalistikada qalam tebratayotgan jurnalistlar savoliga javob bergan.

    “Yangi avlod vakillari ham gazetani bajonidil o‘qiydi, o‘qimaydi desak xato bo‘ladi. Ammo ular endi gazetani qog‘ozda emas, gadjetlarda o‘qiydi. Xuddi badiiy kitoblarni elektron shaklda o‘qiganidek, gazetani ham shunday o‘qiydi. Qachonki, gazetada uni qiziqtira oladigan material bo‘lsa. Ming afsuski, bugungi kun o‘quvchisi hatto an’anaviy televideniyeni ham ko‘rmay qo‘ydi. Ko‘radi faqat internetda o‘ziga qulay payt, muhit hamda makonda. Gazeta ishlab chiqaruvchilar ‘bizga gazeta kerak’, deyishyapti. Albatta, kerak. Bunga hech kim qarshilik qilmaydi, gazeta kerakligini inkor ham etmaymiz. Faqat biz majburiy obunaga qarshimiz. Endi vijdonan javob bering-chi, majburiy obuna qilingan nashr o‘qiladimi?”, — deya jurnalistlarga savol bilan yuzlandi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur savolga javob bergan “Buxoro shifokori” gazetasi muxbiri Ra’no Saidmurodova majburiy obuna qilingan gazeta ham, albatta, o‘qilishini ta’kidlab, “Biz yoshligimizda ota-onam gazetalarga majburiy obuna bo‘lib, gazeta uyga kelgach, bizni shu gazetani o‘qishga majbur qilardi. Biz esa, gazetani o‘qirdik”, — dedi.

    “Hozirgi kunda bolalarni nimaga mabjur qilsangiz, ular teskarisini qiladi. Shuning uchun keling, biz ularga gazetani ular xohlayotgan formatda, shaklda beraylik”, — dedi bunga javob bergan jurnalistlarni tayyorlovchi universitet rektori.

    “Yangi O‘zbekiston” gazetasining Namangan viloyati muxbiri Orifjon Jo‘rayev “Siz bugungi kunda kelajak jurnalistlarini yetishtirib beruvchi universitet rektori sifatida bosma nashrlarning kelajagiga shubha bilan qarasangiz, siz rahbarlik qilayotgan oliygohni tamomlagan talabalarda ertaga gazeta chiqaraman, gazetada ishlayman degan shasht bo‘larmikin”, — deb Sherzodxon Qudratxo‘jaga yuzlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur savolga javob bergan Sherzodxon Qudratxo‘ja “Yana takrorlab aytamanki, gazeta yashaydi, qachonki uning o‘z o‘quvchisi bo‘lsa. Men gazetalar bugungi kun yoshlari istagan formatda ularga ma’lumot yetkazishini, o‘quvchilar talabidan kelib chiqqan holda gazeta chiqarishni taklif qilyapman. Internet nashrlari tanlagan yo‘lni tanlab, gazetalar o‘z saytini yaratishini ma’qullayman. Mayli, kim xohlasa gazeta chiqarsin, bu uning xohishi. Faqat maslahatimiz u chiqargan gazetani kimdir o‘qisin”, — deya javob berdi.

    Mavzuga doir: 

    • AOKA gazeta va jurnallar majburiy obunasiga qarshi chiqdi
    • Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari obunaga majburlanayotgani aytilmoqda
    • Komil Allamjonov gazetalarning bugungi kunga moslashishi kerakligini ta’kidladi

    24.02.2021, 10:20   Izoh (0)   14017
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda alimentdan salkam 30 mln so‘m qarzi bo‘lgan ota 12 sutkaga qamaldi

    24.02.2021, 08:34

    Andijonda er ishdan kech kelgan 21 yoshli ayolini urib, o‘ldirib qo‘ydi

    24.02.2021, 07:57

    O‘zbekistonda 2000 ga yaqin hukumat qarori o‘z kuchini yo‘qotdi

    24.02.2021, 07:27

    Chinozda tadbirkorga 12 800 dollar evaziga 1,3 gektar yer ajratib berishni va’da qilgan tuman hokimligi xodimi ushlandi

    24.02.2021, 06:25

    Farg‘onada “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 303 nafar ishsiz yoshga dehqonchilik uchun yer berildi

    24.02.2021, 05:30

    Toshkentda chiqindilarni saralab yig‘ish tajribasi 24 ta mahalladan boshlanadi

    24.02.2021, 00:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.