• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Italiyadan Polshagacha. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda?

    O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan (1991-yilda) hech qancha o‘tmasdan futbol terma jamoasi Xirosimada (Yaponiya) o‘tkazilgan 1994-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchilarning legioner sifatidagi faoliyati ham boshlanib ketadi. Hozir ham o‘zbekistonlik futbolchilarning legioner sifatidagi faoliyati kundan kunga o‘z geografiyasini kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda 20 dan ortiq o‘zbekistonlik futbolchilar legioner sifatida Osiyo va Yevropa klublarida faoliyat olib bormoqda. “Daryo” quyida o‘zbek legionerlari haqida material (Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra) tayyorladi.

    Koreya yarim orolidagi o‘zbek futbolchilari

    O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo qit’asidagi asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan Janubiy Koreya so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik futbolchilarni o‘z chempionatiga jalb eta boshladi. Ayni paytda Koreyada 6 nafar o‘zbekistonlik to‘p tepmoqda. Bular: Oleg Zoteyev (“Chonnam Dragons”), Jamshid Iskandarov (“Sonnam”), Ikrom Aliboyev (“Seul”), Rustam Ashurmatov “Kanvon”, Islom Kenjaboyev (“Cheju Yunayted”), shuningdek, hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turgan Doston Tursunov ham 2019/20-yilgi mavsumni Koreyada o‘tkazdi.

    Foto: “Sonnam”

    Foto: “Sonnam”

    Zoteyev 2020-yilgi mavsumdan boshlab quyi liga vakili “Chonnam Dragons” klubi sharafini himoya qilmoqda. “Paxtakor” va “Lokomotiv”dagi o‘yinlari orqali yaxshi tanilgan Iskandarov esa 2020-yilning yanvar oyidan beri “Sonnam” sharafini himoya qilib kelmoqda. Jamshid jamoasi safida Key Ligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.

    Foto: “Seul” FK

    Foto: “Seul” FK

    2019/20-yilgi mavsumda deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Ikrom Aliboyev 2019-yilning yanvar oyidan beri “Seul” jamoasi a’zosi hisoblanadi. Poytaxtliklar bilan shartnomasi 2021-yilning oxirida yakuniga yetadigan futbolchi Koreya chempionati bahslarida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

    Foto: “Kvanju” FK

    Foto: “Kvanju” FK

    2019-yilning fevralidan boshlab “Kvanju” safida to‘p tepgan va 2019/20-yilgi mavsumda nisbatan ishonchliroq o‘yin ko‘rsatgan (20 o‘yin, 1 tadan gol va assist) Rustam Ashurmatov esa yangi mavsumni “Kanvon” jamoasida boshlaydi. Rustam yangi jamoasi bilan 2022-yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Qarshining “Nasaf” klubida porlagan Islom Kenjaboyevni 2021-yilning fevral oyida “Cheju Yunayted” klubi o‘z safiga qo‘shib oldi. Islom hozirda yangi jamoasi bilan mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2019/20-yilgi mavsumni “Pusan ay Park” jamoasida o‘tkazib, 15 ta o‘yinda 1 ta gol urgan himoyachi Doston Tursunov esa ko‘ra ayni damda erkin agent bo‘lib turibdi.

    Tay o‘lkasidagi Artyom Filiposyan va Sardor Mirzayev

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘z vaqtida “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Buxoro” klublarida harakat qilgan Artyom Filiposyan 2018-yildan beri o‘z omadini Tailand va Indoneziya tomonlarda axtarib yuribdi. Hozirda futbolchi Tailandning “Prachuap” klubida faoliyat yuritmoqda. Uning tay klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning may oyida o‘z nihoyasiga yetadi.

    Foto: Football Tribe

    Foto: Football Tribe

    Sardor Mirzayev ham “Lokomotiv”dagi uzoq yillik faoliyatidan (2015–2020-yillar) so‘ng 2020-yilning fevral oyida Tailandning “Muangtong Yunayted” klubiga yo‘l oldi. Sardorning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi. Mirzayev Tailand chempionatida 17 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

    BAAdagi yarim himoyachilar

    Foto: Instagram / @shukurov_o29

    Foto: Instagram / @shukurov_o29

    2018-yilning yanvar oyida BAAning “Sharja” klubiga yo‘l olgan Otabek Shukurov shu paytga qadar Amirliklar chempionatida umumiy hisobda 62 ta o‘yinda 6 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2020-yilning fevral oyida “Shabob Ah-Ahli” “Nasaf”dan Aziz G‘aniyevni sotib oldi. Aziz yangi jamoasiga tezda moslashib ketdi va asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylandi – 15 o‘yin, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma. Ammo Aziz 12-fevral, shanba kuni BAA chempionatining 16-turidan o‘rin olgan “Shabob Al-Ahli” va “Al-Vahda” o‘rtasidagi bahsda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Uning “Shabob Al-Ahli” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    O‘zbekiston Superligasining oxirgi yillardagi eng yorqin o‘yinchisi bo‘lgan Jaloliddin Masharipovni Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi “Paxtakor”da sotib oldi. Legionerlarga bo‘lgan cheklov tufayli saudiyaliklar Masharipovni qaydnomadan o‘tkaza olmadi va Aziz G‘aniyev harakat qilayotgan “Shabob Ah-Ahli”ga yozga qadar ijaraga berdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Paxtakor” yetakchilaridan yana biri Doston Hamdamov esa “sherlar” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetgach, erkin agent sifatida BAA chempionatiga yo‘l oldi. Dubayning “An-Nasr” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan Doston ham yangi jamoasida ko‘p vaqt o‘tkazmadi. “An-Nasr” uni mavsum so‘nggigacha autsayder “Hatta”ga ijaraga berib yubordi.

    Belarusdagi Shahboz Umarov va Shahzod Ubaydullayev

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2019/20-yilgi mavsumda “Energetik-BGU”da porlagan Shahboz Umarov yangi mavsumni mamlakatning nomdor klublaridan bir BATEda boshladi. Shahboz hozirgacha Belarus Oliy Ligasida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 3 ta assistni amalga oshirdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Belarusning amaldagi chempioni “Shaxtyor” esa yangi mavsum oldidan o‘z safiga “Metallurg” hujumchisi Shahzod Ubaydullayevni qo‘shib oldi. Soligorsk klubi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sanalgan futbolchiga katta umid bildirayotgani aytilmoqda.

    Polshaga yo‘l olgan Jasur Yaxshiboyev

    Foto: “Legiya”

    Foto: “Legiya”

    “Paxtakor”ning sobiq murabbiyi Shota Arveladze bilan murosa qilolmagani uchun ijara asosida “Energetik-BGU”ga yuborilgan Jasur Yaxshiboyev Belarusda yaxshigina shov-shuv ko‘tara oldi. 2019/20-yilgi mavsumning birinchi yarmini Shahboz Umarov bilan “Energetik-BGU”da o‘tkazgan Jasur ikkinchi davra avvalida “Shaxtyor”ga (ijara asosida) yo‘l oldi va yakunda soligorskliklar bilan chempionlikni tantana qildi. 2021-yilning fevral oyida esa uning transfer huquqini Polshaning “Legiya” klubi sotib oldi. Tomonlar 2023-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan.

    Rossiyadagi Vagiz Galiulin va Oston O‘runov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Faoliyatining katta qismini Rossiyada o‘tkazayotgan Vagiz Galiulinning amaldagi klubi “Nefteximik” bo‘lib turibdi. Quyi ligada harakat qiladigan “Nefteximik” va Vagiz o‘rtasidagi shartnoma 2021-yilning 30-iyunida o‘z nihoyasiga yetadi. Galiulin 2020/21-yilgi mavsumda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.

    Foto: “Spartak” FK

    Foto: “Spartak” FK

    Toshkentning “Lokomotiv” klubidan “Ufa”ga o‘tgan Oston O‘runov qisqa muddat ichida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, Rossiyaning eng nomdor klublaridan biri “Spartak”ka o‘tdi. Biroq Ostonga poytaxt klubida asosiy tarkibga kirish oson kechmayapti. 2020/21-yilgi mavsumda Oston “Spartak” tarkibida barcha musobaqalarda 9 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Uning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilga qadar mo‘ljallangan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2020-yilda Moskvaning boshqa bir klubi “Lokomotiv” “Bunyodkor”dan Jasur Jaloliddinovni sotib oldi. Biroq “temiryo‘lchilar” Jasurga birorta ham o‘yin o‘tkazishga imkon bermasdan “Tambov”ga ijaraga berib yubordi. “Tambov” safida esa Jasur Rossiya Kubogi doirasida o‘tkazilgan o‘yinda bor-yo‘g‘i 44 daqiqa harakat qildi. Shundan so‘ng “Lokomotiv” va futbolchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Hozirda Jasur Jaloliddinov erkin agent maqomida.

    Chin o‘lkasidagi Odil Ahmedov va Islom To‘xtaxo‘jayev

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    2011-yildan beri legioner sifatida “Anji”, “Krasnodar” va “Shanxay-SIPG” kabi jamoalarda o‘ynagan Odil Ahmedov ayni paytda Xitoyning “Tyanszin Teda” klubi sharafini himoya qilmoqda. Shanxayliklar O‘zbekiston terma jamoasi sardorini mavsum yakuniga qadar ijaraga bergan. Odil shu vaqtga qadar Xitoy Superligasida umumiy hisobda 67 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 tadan gol va assistga mualliflik qilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2020-yilning yanvar oyida Xitoyning quyi ligasida harakat qiladigan “Shenyan Urban” klubiga o‘tgan Islom To‘xtaxo‘jayev hozirga qadar ushbu jamoada 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Uning Xitoy klubi bilan shartnomasi 2021-yilning dekabrida o‘z nihoyasiga yetadi.

    Italiya A Seriyasidagi Eldor Shomurodov

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2017-yilda “Bunyodkor”dan “Rostov”ga o‘tgan Eldor Shomurodov 2020-yilning oktabr oyida Italiyaning “Jenoa” klubiga transfer qilindi. Shu tariqa Eldor Italiya A Seriyasida to‘p tepgan ikkinchi (bungacha Ilyos Zeytullayev ham Italiya chempionatida harakat qilgan) o‘zbekistonlik o‘yinchiga aylandi. Genuyaliklar bilan 2024-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan Shomurodov hozirgacha barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    18.02.2021, 17:22   Izoh (0)   28908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eldor Shomurodovning “Rostov”dagi dastlabki maoshi qancha bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

    18.02.2021, 16:26

    Eldor Shomurodovga “Jenoa”dan tashqari Germaniya, Ispaniya va Belgiya klublaridan qiziqish bo‘lgani ma’lum qilindi

    18.02.2021, 15:11

    Markus Reshford Time jurnalining bo‘lajak eng obro‘li shaxslar ro‘yxatidan o‘rin oldi

    18.02.2021, 14:49

    UFC reytingni yangiladi: Kamaru Usmon umumiy reytingda yuqoriladi, Stipe Miochich esa pastladi

    18.02.2021, 14:01

    20 yoshli Erling Holand Chempionlar Ligasida yana bir rekord o‘rnatdi

    18.02.2021, 13:36

    Hamzat Chimayevning qachon oktagonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

    18.02.2021, 13:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.