Daryo

Rim papasining shaxsiy shifokori koronavirusdan vafot etdi

Rim papasi Fransiskning 2915-yildan buyon shahsiy shifokori bo‘lgan Fabritsio Sokkorsi koronavirusga chalingani tufayli kuchayib ketgan onkologik kasallikdan vafot etgan

1 daqiqa o‘qish50 558 ko‘rishlar0 izoh0

Rim papasi Fransiskning shaxsiy shifokori bo‘lgan Fabritsio Sokkorsi koronavirusga chalingani tufayli kuchayib ketgan onkologik kasallikdan vafot etdi. Bu haqda Vatican News’ga tayanib “RBK” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

“78 yoshli Romano onkologik patologiya bilan Jemelli kasalxonasiga yotqizilgan. O‘lim COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar oqibatida yuzaga kelgan”, — deyiladi xabarda.

AFP xabariga ko‘ra, Rim papasi kelasi hafta koronavirusga qarshi emlanishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Fransisk vaksinatsiya qilishni har bir kishining “axloqiy burchi” deb bilishini va emlashdan bosh tortishni “o‘z joniga qasd qilish” deb hisoblashini bildirgan.

Fabritsio Sokkorsi 2015-yildan buyon Rim papasining shaxsiy shifokori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida Rim papasi koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan, ammo Vatikan matbuot xizmati buni rad etgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar