Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi “Taza-bag‘” va “Qirqqizobod” OFY hududlarida eshaklar “qabristoni” aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ma’lum qilinishicha, so‘yilgan eshak suyaklari 3 ta maydonga tashlangan. Ularning bittasida 55 ta eshakning qovurg‘alari borligi aytilmoqda.

Mazkur hodisa 12-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan videotasvirdan keyin aniqlangan. Videotasvirda ta’kidlanishicha, eshaklar odamlarga tarqatilayotgan bo‘lishi mumkin. “Agar u hayvonot bog‘lariga olib ketiladigan bo‘lganida suyaklari bilan ketishi kerak edi. Eshaklar mohir qassob tomonidan so‘yilgan-ki, qovurg‘a suyaklaridan go‘shtlar silliq ajratib olingan. Qabristonda yangi so‘yilgan eshaklarning qovurg‘a suyaklaridan tashqari kallasini, quloqlarini ko‘rish mumkin”, — deyiladi xabarda.

Videotasvirda ma’lumot berilishicha, eshak suyaklari 2021-yilning yanvar oyidan buyon 3 marotaba olib kelib tashlangan.

Ellikqal’a tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, hayvonlar kasalliklarini aniqlash, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va Davlat markazi mutaxassislari tumandagi barcha go‘sht do‘konlarida tekshiruvlar o‘tkazgan. Tuman aholisi o‘rtasida eshak sotib olishni so‘ragan va sotib olgan fuqarolar haqida surishtiruv ishlari boshlangan. “Lekin hozirgacha eshaklar nima maqsadda so‘yilganligi bo‘yicha ma’lumot yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Ellikqal’a tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tumandagi go‘sht do‘konlarida asosan qora mol go‘shti sotilishini, qora mollar esa “Ellikqal’a” OFY hududidagi kushxonada so‘yilishini ma’lum qilgan.

Hozirda kushxona va tumandagi go‘sht do‘konlarida sotilayotgan go‘shtlarning yaroqlilik ma’lumotnomasi va go‘shtga qo‘yilgan kleymolari mavjud ekanligi o‘rganilmoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman hokimligiga, prokuraturasiga va ichki ishlar bo‘limiga ham murojaat qilingan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida mushuk go‘shti va undan tayyorlangan taomlarni sotgan uddaburon tadbirkorlar qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi. Keyinroq Farg‘ona viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz va noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Barselona” “Atletiko” futbolchisini xarid qilsa, Ansu Fati jamoadan ketishiga to‘g‘ri keladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transformator ishlab chiqaruvchi Aysel energy korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Mahalliy
Toshkentdagi “Ippodromda” 2 bosh ot ochlikdan nobud bo‘ldi