Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida mushuk go‘shti va undan tayyorlangan taomlarni sotgan uddaburon tadbirkorlar qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

15-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida mushuk go‘shti va undan tayyorlangan taomlarni sotgan uddaburon tadbirkorlar qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Xabarda, shuningdek, reyd davomida tadbirkor va uning sheriklari hibsga olinganligi ham aytilgan.

Farg‘ona viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz va noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilgan.

Boshqarma ma’lumotida ta’kidlanishicha, amaldagi veterinariya-sanitariya qoidalariga asosan mushuk iste’mol uchun so‘yiladigan hayvonlar ro‘yxatiga kirmaydi. Hozirgi kunda viloyatdagi 25 ta dehqon bozorida vetsanekspertiza laboratoriyalari ishlab turibdi. Laboratoriyalar ish faoliyatida mushuk go‘shtini sotish holatlari kuzatilmagan. Hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi viloyat markaziga mushuk go‘shti laboratoriya tahlillari uchun olib kelinmagan.

Viloyat IIB axborot xizmatining qayd etishicha, ichki ishlar idoralari ish yurituvida odamlarga mushuk go‘shti yoki undan tayyorlangan taomlarni sotishga oid hujjatlar mavjud emas.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi esa Farg‘onada mushuk go‘shtini sotgan shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha hech qanday reyd o‘tkazilmaganini va bu kabi holat bo‘yicha hech qanday ish ko‘rib chiqilmaganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?