Samarqand shahridagi “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi (DUK) mansabdor shaxslari 12,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan 1 million 30 ming yevroni talon-toroj qilgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona mansabdor shaxslari Fransiya taraqqiyot agentligining “Chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish” loyihasiga 80 dona maxsus transportni xarid qilish bo‘yicha sotuvni tenderga noto‘g‘ri qo‘yib, 3 million 158 ming yevro narx bilan qatnashib kelayotgan Cranes and Special Trucks MChJni tenderdan asossiz chetlatgan.
Shundan so‘ng tenderga 4 million 188 ming yevro taklifi bilan qatnashgan Kai Mei-Hayat Group Ozarbayjon—Xitoy qo‘shma korxonasi bilan shartnoma tuzib, juda ko‘p miqdordagi — 12,4 milliard so‘mga teng 1 million 30 ming yevroni talon-toroj qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)