18-fevral kuni soat 05:06 da Jizzax viloyati Forish tumani hududida Tuzkon ko‘li yaqinida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Yer silkinishi magnitudasi epimarkazda 3,7 ballni tashkil qilgan va 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 181 kilometrni tashkil qilgan.
Yer osti silkinishlari kuchi Jizzaxda 3 ballni, Samarqandda esa 2 ballni tashkil etgan.
Avvalroq Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatida sezilgani, 3-fevral kuni Namanganda 4 balli zilzila qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)