Indoneziyaning Jago banki mamlakatda birinchi to‘liq raqamli bank tizmini yo‘lga qo‘yishni reja qilmoqda. Bu haqda The Straits Times gazetasi ma’lum qildi.
Jago direktorlar kengashi a’zolaridan biri Anika Fayzal so‘zlariga ko‘ra, bank raqamli iqtisodiy tizimni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Uning ta’kidlashicha, kelajakda mijozlar aynan shu shakldagi moliyaviy xizmatlardan foydalanadi.
Bu formatga o‘tish imkoni Gojek mahalliy raqamli platformasi Jago kompaniyasining 22,1 foiz ulushini sotib olganidan keyin paydo bo‘ldi.
Platformaning mijozlari nafaqat raqamli xizmatlardan foydalanishi mumkin, balki bank hisobi ochishi va kreditlar olishi mumkin. Shuningdek, yuk tashish xizmatlari, oziq-ovqat yetkazib berish, elektron to‘lovlarni birlashtirgan Gojek mijozlari bank hisobi ochishi va iste’mol kreditlari olishi mumkin.
Indoneziya hukumati raqamli banklar faoliyatini qat’iy tartibga solmoqchi emas. Rasmiylar 2021 yil o‘rtalariga qadar bunday muassasalar uchun bir qator ish prinsiplarini o‘rnatishi kutilmoqda.
Izoh (0)