Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyada huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ikkita maxsus operatsiya davomida mamlakatdagi eng qudratli Ndrangeta mafiyasining jami 45 nafar a’zosi hibsga olindi. Bu haqda ANSA xabar tarqatgan.

Foto: ANSA

Foto: ANSA

Datlabki maxsus operatsiyada 28 nafar odam, ikkinchi tadbirda esa yana 17 kishi hibsga olingan.

Qo‘lga olingan gumonlanuvchilar firibgarlik, tovlamachilik va iqtisodiy jinoyatlarni, xususan, “pul yuvish” operatsiyalarini amalga oshirganligi taxmin qilinmoqda. Jinoiy ish ishtirokchilariga aylangan mazkur shaxslardan jami 6 million yevro olib qo‘yilgan.

Shuningdek, Italiyada Ndrangeta mafiyasining jinoyatlariga qarshi tergov jarayoni uch yil avval boshlangan.

Avval Italiyada mafiya vakillariga tegishli bo‘lgan 124 million yevroga teng mol-mulk musodara qilingani haqida xabar berilgan. Yanvarda mafiyaga aloqadorlikda gumon qilingan 48 nafar kishi hibsga olingan. Tezkor operatsiyada 200 nafar huquq-tartibot organlarining xodimlari ishtirok etgan va tadbirga vertolyot ham jalb etilgandi.

Undan avval Sitsiliyada mafiyaga aloqador 20 nafar gumonlanuvchi qo‘lga tushirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi