“Barselona” muxlislari Kataloniyaga uchib kelgan PSJ prezidenti Nossir al-Xelayfini salbiy kayfiyatda kutib oldi.
Muxlislar bir necha bor qatarlik funksioner tomon haqoratli so‘zlarni yog‘dirdi. Bundan tashqari quyidagi jumlalar aytildi: “Messini tinch qo‘y, o‘g‘ri”.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil yozida tugaydigan Lionel Messining PSJga yo‘l olishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘p uchramoqda. Xususan, PSJning bir nechta vakillari mazkur transfer borasida gapirishdan to‘xtamayapti.
Bundan tashqari PSJ rahbari Neymarning mojaroli transferidan keyin kataloniyalik muxlislarning nafratiga uchragan.
💣Al-Khelaïfi increpado e insultado a su llegada a Barcelona
— GolStadium (@Gol_Stadium) February 15, 2021
❌ "Deja a Messi, LADRÓN"
📺 #Golazo pic.twitter.com/OJQbom0sEI
Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvi doirasidagi “Barselona” — PSJ uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16-fevraldan 17-fevralga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)