Markaziy bank 16-fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,26 so‘mga ko‘tarilib, 10 540,09 so‘mni tashkil qildi. Yevro 109,17 so‘mga ko‘tarilib, 12 790,40 so‘m bo‘ldi.
Avvalroq dollarning rasmiy kursi 4 haftalik ko‘tarilishdan so‘ng ilk bor pasayib, 10 530,83 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)