• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aziza Umarova hukumatga saylovlar arafasida aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan oltita taklifni bildirdi

    Bloger va jamoatchilik faoli Aziza Umarova saylovlar arafasi hukumatga aholi turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan oltita real qadamlarni taklif qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “OAV tartibsizlikka qarshi da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashni rejalashtirayotgani haqida yozmoqda. Kuch tuzilmalarining maoshlari ko‘tarilmoqda, nechanchidir marotaba forma, askariy anjomlar, maxsus texnikalar xarid qilinyapti. Barcha saylovlar bilan band ekanligi shundoq ko‘rinib turibdi. Taxmin qilib ko‘rishga jazm etaman”, — deb yozadi Umarova.

    Uning ta’kidlashicha, dunyoning istalgan nuqtasida (Kanadadan Ruandagacha) har qanday siyosiy saylovlar arafasida maslahatchilar jamoasi Low hanging fruits ro‘yxatini tuzadi. Ya’ni amalga oshirish qiyin bo‘lmagan masalalar. Bandlar qiymati militsiya formasi yoki kuch tuzilmalari xodimlarining ustama pullaridan ham kam bo‘lishi mumkin, biroq uning samarasi yuz barobar ko‘proq. Eng muhimi — hokimiyatga qarshi borish hech kimning kallasiga kelmaydi. Fuqarolar saylov uchastkalariga o‘z oyog‘i bilan yugurib boradi.

    Aziza Umarova hozircha O‘zbekistonda Low hanging fruits kuzatilmayotgani sabab o‘z takliflarini bildirgan. U qadar qiyin bo‘lmagan olti qadam:

    Marhamatli podshoh rolini o‘ynash

    “Moviy gumbazlar” parki muammosiga samarali kirishib, stela qurish g‘oyasini Tashkent City’ga ko‘chirish. Ziyolilar qatlami darhol siz tarafda bo‘ladi.

    Ijtimoiy himoya

    “Odamlar haqida qayg‘uramiz” sousi ostida ijtimoiy himoya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan idora yaratilishini e’lon qilish. Bizda 2016-yildan buyon ijtimoiy himoya yo‘q, bu aqlga sig‘maydi.

    Va ushbu idora nihoyat hech bo‘lmaganda inqirozli oilalar bilan ishlovchi 10 ming nafar professional ijtimoiy xizmat xodimlarini yollaydi/tayyorlaydi. Bolalar qiynoqqa solinyaptimi? Sobiq mahbus qamoqdan uyiga qaytdimi? O‘z joniga qasd qilishga moyil va eri tomonidan muntazam kaltaklanib kelinayotgan ayol? Nogironligi bor bo‘lgan farzand va ishsiz ota-ona?

    Ijtimoiy xizmat xodimlari boshqa kerakli xizmatlarni aralashtirib, murakkab vaziyatdan chiqishga yordam beradi. Bu fuqarolarga g‘amxo‘rlik qilish imitatsiyasini istisno etadi va to‘laqonli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini nazarda tutadi. Butun respublika bo‘yicha ijtimoiy soha xodimlarini ta’minlashga Toshkent shahrining bitta obodonlashtirish xizmatining yillik budjetidan bir necha baravar kam mablag‘ kerak bo‘ladi (men qancha sarflanishini bilaman, shuning uchun faktga tayanib gapiryapman).

    Bolalar

    “Bolalar haqida qayg‘uramiz” sousi ostida bolalar onkologiyasini reformatsiya qilish. Onkologiya va gematologiya (qon saratoni) mamlakatda hamon alohida davolanmoqda. Bu ham yetmaganidek na respublika onkologiyasida, na gematologiyada elementar reanimatsiya bor. Bolalar esa muntazam operatsiya qilinadi, shu bilan birga, ixtisoslashgan bolalar shifokori yo‘q. Bolalar vafot etmoqda.

    Zudlik bilan gematologiya va onkologiyani birlashtirish va yangi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida onkogematologiya bilan og‘rigan bolalar uchun 100 (aslo bundan kam emas, hozir 20 koyka o‘rin haqida gap-so‘zlar yuribdi) koyka yaratish. Amaldagi tizimni qayta tashkil etishga qodir ingliz tilini biladigan zamonaviy yosh tibbiyot xodimlari kerak va zudlik bilan davolashning xalqaro protokollarini qabul qilish lozim. Joni saqlab qolingan bolalarning tarixini bemalol OAVda e’lon qilsa bo‘ladi. Hozirda onkologik kasallikka chalinganlarning asosiy qismi boshqa mamlakatda davolanishga keta olgani sabab omon qolmoqda. Davom etishga hojat yo‘q…

    Bojlar

    So‘nggi 20 yil ichida ijtimoiy injiniring (social engineering) mahalliy mashinalarni sotib olishni odamlarning asosiy orzusi sifatida shakllantirdi. Qadriyatlarning tanazzuli achinarli, ammo uni o‘zgartirishga endi kech. Biroq “Sizning og‘rig‘ingizni ko‘ryapmiz” shiori ostida mamlakatga olib kirilayotgan avtomobillar uchun import bojini kamaytirish kerak. Ortiqcha gap-so‘zlarsiz.

    “Snos”lar

    Ertangi kunga bo‘lgan ishonch so‘nib bormoqda. Yer oldi-sotdisining yashirin bozori, korrupsiya, qurilish normalariga rioya qilmaslik gullayapti, yangi qurilgan uylar qulamoqda, ko‘chirib yuborilgan aholining yarmidan kami kompensatsiya olgan. Yangi muddatga bu kabi og‘ir meros bilan bormaslik uchun mantiqiy nuqta qo‘yish kerak. Noqonuniy “snos”lar haqida shubhasiz aytilishi kerak va mamlakatning beshta yirik shaharining bosh planini e’lon qilish zarur. Uy-joy qurish, ijtimoiy infratuzilma va tijorat ko‘chmas mulki uchun aniq zonalarni onlayn ravishda belgilab qo‘yish lozim. Bu odamlarga oz bo‘lsa-da, ertangi kunga ishonch beradi.

    Viloyatlar

    Kimdir qishloqlarga qadar gaz, elektr energiyasi va suvni rostan ham tortib kelishiga shubhalanaman. Bu menimcha, yosh bolaga ham ayon. Biroq qishloqqa optik tola tortib kelish hisobiga piar qilish varianti mavjud. Axir viloyatlarda tezkor internet umuman yo‘q — tosh asri. Shu sababli raqamli O‘zbekistonni internet o‘sish drayveriga aylanadigan joyda boshlash kerak.

    “Agar biz eksport jarayonlarini soddalashtirsak, ta’lim mazmunini to‘ldirsak va bu yo‘lda tez o‘rganish uchun imkoniyat yaratadigan bo‘lsak, internet hayot sifatini biroz yaxshilashi mumkin. Saylovchilarga shu kerak. Hurmatli Prezident, iltimos, saylovlar oldidan yangi maslahatchilarni jalb qiling. Sizga kayfiyatni nozik tushunadigan odamlar kerak. Qovun tushirishadi… Men ro‘yxatni cheksiz tuzishim mumkin edi. Biroq 6 egri raqamida to‘xtayman. O‘z bandlaringizni qo‘shing.

    Ma’lumot uchun, Aziza Umarova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Buyuk Britaniyaning Sent-Endryus universitetida tahsil olgan. Davlat boshqaruvida islohotlar va modernizatsiya, elektron hukumat, gender masalalari bo‘yicha mutaxassis. Hozirda Singapurning Smartgov Consulting kompaniyasi ijrochi direktori. U #Aziza Umar kundaligi Telegram kanalida turli masalalar bo‘yicha o‘zining faol fuqarolik munosabatini bildirib boradi.

    Mavzuga doir: Aziza Umarova turizm tadbirkorligi bo‘yicha istalgan kishi foydalanishi bo‘lgan 10 ta g‘oya taqdim etdi

    15.02.2021, 16:24   Izoh (0)   25695
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi

    15.02.2021, 15:57

    “Yangi yil bo‘lsa, Qashqadaryodan tandir, Xorazmdan guruch keladi” – Adliya vaziri jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi milliy an’analar haqida

    15.02.2021, 15:22

    O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etiladigan qator jinoyatlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilandi

    15.02.2021, 15:10

    O‘zbekistonda anomal issiq havo hafta oxiriga borib keskin o‘zgaradi, qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    15.02.2021, 14:30

    Navoiyda sanitariya qoidalarini buzgan holda 15 bosh qo‘y go‘shtini Toshkentga olib kelayotgan Cobalt haydovchisi jarimaga tortildi

    15.02.2021, 13:45

    Foto: Mo‘ylovi bilan Toshkent ramzlaridan biriga aylangan DAN xodimining mum haykali yaratildi

    15.02.2021, 13:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.