• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Xuddi kinodagidek hayot: Gollivud yulduzlarining sevgi hikoyasi

    Har qanday qiyinchiliklarga qaramay sevgisi va bir-birga bo‘lgan hurmati sabab munosabatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan yulduzlar haqida xabar beramiz.

    Merilin Monro va Jo Di Majo

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Amerikalik beysbolchi gazetada suratini ko‘rishi bilan Merilinga oshiq bo‘lgan. Jo aktrisa bilan tanishish uchun umumiy tanishlarini ishga solgan. Uchrashganida Monro uning boshqa erkaklar singari yomon niyatda emasligidan hayron qolgan. Keyinroq aktrisa hayotida bunday mehribon va manfaatsiz munosabatda bo‘lgan erkakni ko‘rmaganini ma’lum qilgan. Oradan ikki yil o‘tib juftlik turmush qurgan. Munosabatlar uzoqqa bormagan va 9 oy o‘tib hammasiga nuqta qo‘yilgan. Ularning o‘rtasidagi sevgi shunchalik kuchli bo‘lganidan Jo va Monro 1962-yilda qayta turmush qurishga qaror qilgan, biroq aktrisa marosimdan bir necha kun avval hayotdan ko‘z yumgan. Sevimli ayolining vafot etganidan g‘amga botgan Majo boshqa hech qachon turmush qurmaslikka ont ichgan va 20 yil davomida haftada uch kun Merilinning qabriga guldasta olib borgan.

    Meril Strip va Don Gammer

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Suratga olish jarayonida Jon Kazale bilan tanishgan aktrisa uning rafiqasi borligi va o‘zidan 14 yosh katta bo‘lishiga ham qaramay, uni sevib qolgan. Jon ham qizga oshiq bo‘lgan va birinchi xotini bilan ajrashib, unga uylanishga va’da bergan. Ammo ularning orzusi ro‘yobga chiqmagan, bunga Kazalening o‘pka saratonidan vafot etgani sabab bo‘lgan. Shundoq ham sevgan insonini yo‘qotganiga chiday olmayotgani yetmagandek, aktrisa uysiz qolgan. Akasi unga sayohatga ketgan do‘stinikida yashab turishni taklif qilgan. Xonadon egasi Don Gammer uyga qaytganida qizni ko‘rib, yoqtirib qolgan. Keyingi kelishida esa qizga turmushga chiqishni taklif qilgan. Sobiq sevgilisining vafotidan yarim yil o‘tib turmushga chiqqan aktrisa 43 yildan buyon baxtli hayot kechiradi. Juftlikning 4 nafar farzandi bor. Meril baxtli oila siri bir-birini tushunishda ekanini aytadi.

    Uill Smit va Jada Pinkett-Smit

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Uill va Jada 1990-yilda “Beverli-xillzlik shahzoda” serialining suratga olish jarayonida tanishgan. Shundan buyon ularning har ikkisi do‘stona munosabatda bo‘lgan. Uill yillar o‘tib rafiqasi bilan ajrashmoqchi bo‘lganida Jada birinchilardan bo‘lib, uning bu tanlovini qo‘llab-quvvatlagan. Shundan keyin aktyor uning birga hayot kechirishni istagan ayol ekanini tushunib yetgan. Ammo tuyg‘ulari chin ekaniga ishontirishi oson bo‘lmagan. Juftlik 1997-yil arafasida turmush qurgan. Bu vaqtda Jada birinchi farzandiga homilador bo‘lgan. Ikki yil o‘tib esa ularning ikkinchi farzandi dunyoga kelgan. Juftlik 25 yildan buyon baxtli hayot kechirib keladi.

    Goldi Xoun va Kurt Rassel

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    1967-yil suratga olish maydonchasida tanishgan yulduzlar bu vaqtda bir-biriga e’tibor bermagan. Oradan 20 yil o‘tib qayta ko‘rishganida esa ularning har ikkisi ham turmush qurib, ajrashgan bo‘lgan. Bir-biriga oshiq bo‘lgan juftlik 30 yildan buyon birga yashaydi.

    Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Juftlik uchrashguniga qadar sevgidan hafsalasi pir bo‘lishga ulgurgan bo‘lgan. 1997-yilda turmush qurgan yulduzlar oradan 5 yil o‘tib farzandli bo‘lgan. Ammo 2008-yilda aktyorning xiyonati haqida gap tarqalgan. Mettyu bunga Saraning ishi ko‘pligidan e’tibor qilmay qo‘yganini sabab qilib ko‘rsatgan. Sara yechim sifatida erini tark etishdan ko‘ra unga psixoterapevt yordami kerak deb hisoblagan. Qolaversa, surrogat ona yordamidan foydalanish uchun hujjatlar tayyorlashni boshlab yuborgan. Egizak farzandlarning dunyoga kelishi esa oilaviy munosabatlarning yanada mustahkam bo‘lishiga hissa qo‘shgan.

    Tom Xenks va Rita Uilson

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Tom Kaliforniya universitetida birga o‘qigan Samanta Lyuisga uylangan. Ammo ikki nafar farzandli bo‘lgani ularni baxtli qilib qo‘ymagan. Oilasini boqish uchun kun-u tun ishda bo‘lishi rafiqasiga yoqmagan va besabab janjallar bir-biriga ulangan. Bunday oson bo‘lmagan vaqtda Tom Rita Uilson bilan tanishgan va uni yoqtirib qolgan. Birinchi rafiqasi bilan ajrashishini esa 3 yil kutishiga to‘g‘ri kelgan. Va nihoyat, ular 1988-yilda turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan.

    Maykl Duglas va Ketrin Zeta-Jons

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Yulduzlar “Zorro niqobi” nomli film taqdimotida tanishgan. Uylanganiga qaramay Maykl Ketrinni bir ko‘rishda yoqtirib qolgan. 2000-yilda turmush qurgan juftlik ikki nafar farzandli bo‘lgan. Turli mojarolar yuz berganiga qaramay, mashhurlar 21 yildan buyon birga hayot kechiradi.

    Mavzuga doir:

    • So‘nggi daqiqalarda nikoh to‘yini to‘xtatishga qaror qilgan 6 yulduzli juftlik (foto)
    • Oilasi uchun karyerasini qurbon qilgan mashhur ayollar (foto)

    14.02.2021, 14:56   Izoh (0)   26589
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Taqdiri fojiali yakun topgan go‘zallik tanlovlari g‘oliblari (foto)

    14.02.2021, 10:52

    Priyanka Chopra muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida memuar kitob yozdi

    13.02.2021, 10:53

    Foto: Turmushi bir yildan uzoqqa bormagan yulduzli juftliklar

    12.02.2021, 20:20

    Avval va hozir: Bollivud aktyorlarining bolalikdagi suratlari (foto)

    12.02.2021, 18:23

    Instagram: Asal Shodiyevaga bir chamadon dollar bergan Ozoda, baletmeysterdan kaltak yegan Feruza Normatova

    11.02.2021, 22:27

    Nargiz Zokirovadan Vin Dizelgacha: Kal yulduzlar sochi bor paytda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)

    11.02.2021, 13:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.