• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Taqdiri fojiali yakun topgan go‘zallik tanlovlari g‘oliblari (foto)

    “Go‘zal bo‘lib emas, baxtli bo‘lib tug‘il!”, degan ibora ko‘pchilikka ma’lum. Dunyo bo‘ylab go‘zallik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan ayrim qizlarning taqdiri nega ayanchli holda yakunlandi? Ular uzoq va baxtli hayotni go‘zallikka almashtirgan edimi?

    Monika Spir, Venesuela go‘zali — 2004-yil

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Maftunkor Monika 2004-yilda Venesuelaning eng go‘zal ayoliga aylangan va 2005-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etgan. O‘sha vaqtda 5 yoshli qizining otasi — 39 yoshli britaniyalik Tomas Berri bilan rasman ajrashgan bo‘lsa-da, u bilan yaqin munosabatda edi. Juftlik AQShda yashar, faqatgina bayram va ta’tillarda Venesuelaga kelib turgan. 2014-yil ana shunday sayohatlarning birida, Yangi yil bayramida ular avtohalokatga uchraydi, ammo politsiyani kutayotgan juftlikka kutilmagan xavf — mahalliy bezorilar uchraydi. Yo‘l chetidagi qimmatbaho mashina bezorilar e’tiborini tortgani uchun ular darhol Monika va Tomasni voqea joyida otib o‘ldiradi. Ularning qizi esa mo‘jizaviy tarzda omon qoladi. Bir necha daqiqadan so‘ng yetib kelgan politsiya ularni hibsga olgan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ushbu fojiani “o‘n yillik” yo‘qotish deb atagan va tergovni shaxsan o‘zi nazorat qilgan.

    Mariya Xose Alvarado, Gonduras go‘zali — 2014-yil

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    19 yoshli Mariya Xose Alvarado singlisi Sofiya bilan uning yaqin do‘stining tug‘ilgan kunini nishonlashga borgan. Shundan so‘ng opa-singillar uyga qaytmagan. Tergov jarayonida tug‘ilgan kun egasi — Plutarko Ruis shubhali ko‘ringan. U odam o‘g‘irlashda gumonlanib, hibsga olinganida ikki marta qotillik qilganini tan olgan. Opa-singillarning jasadi esa daryo bo‘yida ko‘milgan holda topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ruis ziyofatda Sofiya bilan uning do‘stiga noz-karashma qilganlikda ayblab, jiddiy janjallashgan. So‘ngra g‘azabda unga o‘q uzgan, bunga uning opasi Mariya guvoh bo‘lgan. Natijada unga ham qarata o‘q uzilgan. Afsuski, Ruis qurbonlarni ko‘mayotgan vaqtda Mariya “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etish uchun Londonga uchishi kerak edi. Qurbonlarning oilasiga hurmat sifatida mamlakat Mariyaning o‘rniga boshqa nomzod berishdan bosh tortgan va musobaqa o‘tkazib yuborilgan.

    Agneshka Kotlyarska, Xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibasi — 1991-yil

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    1990-yillarda Agneshka Polshaning eng go‘zal qizi deb e’tirof etilganida, uning hayotida Yeji ismli erkak paydo bo‘lgan. Ushbu maxfiy muxlis modelni bir vaqtning o‘zida ham ta’qib qilar, ham sevgi izhorlari bilan tahdid qilar edi. U hech qachon to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqmaganligi tufayli 6 yil davomida model unga e’tibor ham bermagan. Ammo Agneshkaning nikohi barchasini o‘zgartirib yuborgan. Yejining so‘zlariga ko‘ra, hayotini barbod qilgan qizdan, albatta, qasos olinishi kerak bo‘lgan. U buning uchun modelning oilasi yashaydigan uy atrofida soatlab izg‘ir hamda ular haqidagi ma’lumotlarni to‘plar edi. 1996-yil juftlik o‘z mashinasi tomon harakatlanganida birdan Yeji paydo bo‘lgan va Agneshkaning turmush o‘rtog‘i — Yaroslavga pichoq urgan. Oyog‘idan yaralangan turmush o‘rtog‘iga yordamga shoshilgan Agneshkaga ham muvaffaqiyatsizlikdan g‘azablangan qotil tashlanib, ko‘ksiga 4 marta pichoq urgan. 36 yoshlik dasturchi shu kuni politsiya tomonidan hibsga olingan va 14 yilga ozolikdan mahrum etilgan.

    Aleksandra Petrova, Rossiya go‘zali — 1996-yil

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Aleksandraning hayoti 2000-yilda yakun topgan. Ikki jinoiy guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda qiz tasodifan otib o‘ldirilgan. 90-yillarda Aleksandra bozor direktorining o‘rinbosari bo‘lgan jinoyatchilar boshlig‘i — Konstantin Chuvilin bilan aloqada bo‘lgan. Chuvilin va uning raqibi o‘rtasidagi ziddiyat tufayli yollangan qotil o‘z vazifasini Aleksandra va uning do‘sti birga ekanligida amalga oshirishqa qaror qilgan. Ikki guruh orasidagi nizoda o‘qqa tutilgan qiz shifoxonaga yetib bormasidan avval vafot etgan.

    Svetlana Kotova, Rossiya go‘zali — 1996-yil

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Rossiyada milliy go‘zallik tanlovining ikki g‘olibasi ham o‘ldirilgan. Svetlana tanlovda ishtirok etganidan keyin o‘z taqdirini afsonaviy qotil Aleksandr Solonik bilan bog‘lagan. Aleksandr Yangi yil bayramida qizni Gretsiyadagi villasiga taklif qilgan. Svetlana haykal va favvoralar, ulkan bog‘, xizmat ko‘rsatishning eng yuqori darajasidan hayratga tushgan. Hattoki, o‘limidan bir kun oldin onasiga qo‘ng‘iroq qilib, jannatda yashayotganini ham aytgan. Afsuski, ertasi kuni qurollangan bir guruh odamlar villaga bostirib kirib, Aleksandr bilan “hisob-kitob” qilgan. Uning jasadi 1997-yil 2-fevralda bo‘g‘ib o‘ldirilgan holda topilgan. Oradan uch oy o‘tib 22 yoshli Svetlananing jasadi chamadonda bo‘laklangan holda topilgan. Qotillar tomonidan qismlarga ajratilgan qurbon o‘rmonga tashlab ketilgan edi.

    Layna Keza, Afrika go‘zali — 2010-yil

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    29 yoshli qora tanli Afrika go‘zali 2013-yil avgust oyida pichoqlab o‘ldirilgan. Qotil modelning uch yoshli qizining otasi – Devid Kikav edi. Fojiadan bir necha kun avval Layna rashk va qiynoqlardan charchaganini aytib, Devid bilan ajrashishga qaror qilgan. Juftlikning qo‘shnilari ham hamisha ularning uyida janjal bo‘lishini, haqoratli so‘zlar eshitilib turishini tasdiqlagan. Bir kuni tongda qo‘shnilardan biri politsiyaga xabar berib, ularning uyida dahshatli qichqiriq eshitilib, to‘satdan to‘xtagani haqida xabar bergan. Yetib kelgan politsiya Devidni qo‘lidagi pichoq bilan hammom ostonasidan topgan. Laynaning jasadi esa hammomda yotar edi.

    Melodi Gershbax, Xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibasi — 2009-yil

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Tojni qo‘lga kiritganidan bir yil o‘tib, filippinlik go‘zal Melodi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. 2010-yil 21-avgustda ichida Melodi bo‘lgan mashina katta tezlik bilan avtobusga borib urilgan. Haydovchi darhol politsiyaga taslim bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, transport vositasi texnik nosozlik tufayli boshqaruvdan chiqib ketgan. Model bor-yo‘g‘i 24 yoshda edi.

    Genezis Karmona, Sayyohlik go‘zali — 2013-yil

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Monika bilan bog‘liq dahshatli qotillikdan bir oy o‘tib, yana bir venesuelalik go‘zal vafot etgan. Karmona Nikolas Maduro va uning hukumatining iste’fosi uchun ko‘cha namoyishida qatnashgan. U jinoyatchilik va turmush darajasidan nolib, Valensiya ko‘chalarida namoyishga chiqqan talabalar safiga qo‘shilgan. To‘satdan o‘q ovozi eshitilgan va qiz yiqilgan. O‘q uning boshiga tekkan edi. Qiz tezda shifoxonaga olib borilgan, shaharni tartibsizliklar qamrab, yana bir necha kishi halok bo‘lgan. Biroq modelni kim otgani hanuz noma’lumligicha qolmoqda. Rasmiylar o‘qni muxolifat tomonidan otilgan, deb ta’kidlamoqda.

    Mikaela MakArivi — Irlandiya go‘zallik malikasi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    2011-yil yanvar oyida Jon MakArivi bilan turmush qurgan Mikaela to‘y sayohati uchun Mavrikiyga borgan. Juftlik sayohat vaqtida mehmonxonaning restoraniga ovqatlanishga tushgan. Shundan so‘ng Mikaela qandaydir sabab bilan xonasiga kirgan va u yerda mehmonxonaning ikki xodimi talon-toroj qilish uchun kirib kelganini ko‘rgan. Ular modelni hammomga sudrab kirib, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Biroq yetarli dalillar bo‘lmaganligi tufayli sud xodimlarni aybsiz deb topgan.

    Lesli Matssara, Janubiy Karolina go‘zali

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    2004-yil uch dugona — Lesli Matssara, Adriana Insonya va Louren Mianza Hellouin bayramini nishonlagan. Bayram tufayli charchagan qizlar juda kech uyquga yotgan, ammo Louren g‘alati tovushlardan uyg‘onib ketgan va uyda o‘g‘ri borligini bilib qolgan. U politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish uchun tashqariga chiqib ketgan va uyga qaytmagan. Bu esa uning hayotini saqlab qolgan. Politsiya yetib kelganida Lesli va Adriana o‘lik hoda topilgan. 218 nafar gumonlanuvchidan olingan DNK namunalari jinoyatchining shaxsini aniqlashga yordam bermagan, hattoki 100 ming dollar mukofot puli ham. Lekin Louren buning tagiga yetgan. U hodisa joyidagi suratlarni ko‘rib chiqib, tajribali detektivlar o‘tkazib yuborgan tafsilotga e’tibor qaratdi: juda kamyob tamaki markasi. Bunday tamakini Adriananing dugonasining eri — Erik Koppl tutatar edi. Erkak hibsga olingan. Barcha sinov namunalari bir-biriga mos kelgan, ammo u shu kecha o‘ta mast ekanligi va hech narsa yodida qolmaganini aytavergan. Garchi u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa-da, qizlarning nima uchun o‘ldirilganligining sababi ochiqlanmagan.

    Mavzuga doir:

    • Foto: Baxtsiz sevgi tufayli joniga qasd qilishga uringan mashhurlar
    • Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi (foto)
    • Koko Shanel, Mauritsio Guchchi. Moda olamining qismati fojiali yakun topgan vakillari (foto)
    • Paparatssi ta’qibi tufayli mashhurlar bilan yuz bergan qo‘rqinchli avariyalar (foto)
    • Bred Pitt, Selena Gomes, Nikol Kidman hamda boshqa yulduzlarning qo‘rqinchli va xavfli ta’qibchilari (foto)

    14.02.2021, 10:52   Izoh (0)   63935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Priyanka Chopra muvaffaqiyatga erishish yo‘li va bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari haqida memuar kitob yozdi

    13.02.2021, 10:53

    Foto: Turmushi bir yildan uzoqqa bormagan yulduzli juftliklar

    12.02.2021, 20:20

    Avval va hozir: Bollivud aktyorlarining bolalikdagi suratlari (foto)

    12.02.2021, 18:23

    Instagram: Asal Shodiyevaga bir chamadon dollar bergan Ozoda, baletmeysterdan kaltak yegan Feruza Normatova

    11.02.2021, 22:27

    Nargiz Zokirovadan Vin Dizelgacha: Kal yulduzlar sochi bor paytda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)

    11.02.2021, 13:59

    Jahon yulduzlarining chaqaloqlari bilan tushgan retro suratlari (foto)

    11.02.2021, 11:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.