• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    OKMK joriy yilda 87 ta mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirmoqda

    Milliy matbuot markazida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

    2019-yil 24-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat sohalarida kooperatsiya aloqalarini tezlashtirishning yangi tizimini joriy etishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining javobgarligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Qarorga asosan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalasi, barcha darajadagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Bundan tashqari, mamlakatning yirik korxonalari faoliyatini kuchaytirishning aniq mexanizmlari keltirib o‘tilgan. Ular orasida respublikamizning turli mintaqalarda 40 dan ortiq bo‘linmalari joylashgan va 38 mingdan ortiq xodimlarga ega OKMK ham bor.

    “Mahalliylashtirishga nima uchun katta e’tibor berilmoqda? Chunki bu raqobatbardosh mahalliy tovarlarni ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga yordam beradi va shu bilan birga import qilinadigan mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondiradi. Bir vaqtning o‘zida respublikada ishlatilayotgan mahalliy xomashyolarning ulushi o‘sib bormoqda, ish o‘rinlari yaratilmoqda. Shunga ko‘ra, vatandoshlarning daromad darajasi va hayot darajasi oshib bormoqda”, —  deydi AJ mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i Kozimjon Jumaboyev.

    OKMK bu sohadagi faoliyatni muntazam ravishda hamda malakali kadrlarni jalb qilgan holda olib boradi, bu so‘nggi yillarda 250 dan ortiq turdagi import mahsulotlarni mahalliy tovarlarga almashtirish va 1000 dan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etishga imkon berdi. Birgina 2020-yilda 23 ta mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirildi va yana 49 ta ilgari boshlangan loyihalarni amalga oshirish davom ettirildi. Prognoz ko‘rsatkichi 119,1 foizga bajarilgani quvonarli. Tegishli ravishda 11,9 va 120,0 milliard so‘mlik mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi, ammo bundan ancha ko‘p —  17,5 va 139,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishildi.

    Birinchi navbatda, asosiy mahsulot — mis ishlab chiqarishning uzluksiz ichki zanjirini saqlab qolish uchun korxona ehtiyojlarining o‘zi tomonidan qoplanishi haqida so‘z bormoqda. Shu bilan birga, tovarlarning bir qismi mahalliy kompaniyalarga jo‘natiladi. Mahalliylashtirish loyihalarida Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Noyob metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va OKMK rux zavodi ishtirok etmoqda. 2020-yilda ular 60,9 milliard so‘mlik po‘lat va temir quyishdan ehtiyot qismlar, 12 milliard so‘mlik nostandart uskunalar, 11,2 milliard so‘mlik yanchish va tegirmon uskunalari, ekskavatorlar, nasoslar va konveyer qurilmalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishdi. Ichki resurslarni chuqur qayta ishlash hisobiga 62,3 milliard so‘mlik rux oksidi, rux alyuminiy va mis qotishmasi, noyob metallar, qattiq qotishmalar asosida mahsulotlar va boshqalar ishlab chiqarish ta’minlandi.

    Kozimjon Jumaboyevning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mahalliy korxonalar, shu jumladan, kichik va o‘rta biznes bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish muhim rol o‘ynaydi. 2019-yil oktabr oyida OKMKning tashabbusi bilan kombinat tomonidan import qilinadigan mahsulotlar sanoat yarmarkasi tashkil etildi. Ishtirok etish uchun 200 dan ortiq sanoat korxonalari taklif qilindi. Ularning mutaxassislariga hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi, ko‘plari bilan kelgusida hamkorlik to‘g‘risida kelishib olindi. Ushbu formatning samaradorligi o‘tgan yil davomida tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining elektron kooperatsiya portali orqali OKMK 302,3 milliard so‘mlik 2 543 ta shartnoma tuzdi, prognoz esa 200 milliard so‘mni tashkil etgandi.

    2021-yilda OKMK tomonidan 161,4 milliard so‘mlik 87 ta mahalliylashtirish loyihalari, shu jumladan, 4,3 milliard so‘mlik 17 ta yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. 2020-yilga nisbatan o‘sish 22,3 foizni tashkil qiladi. OKMK markaziy ta’mirlash mexanika zavodini modernizatsiya qilish orqali import qilinadigan buyumlar o‘rniga ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, OKMK portlovchi moddalar ishlab chiqarish zavodi negizida elektrlanmagan portlatish tizimlari mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona ochish rejalashtirilgan.

    Kombinat hamkorlar bilan birgalikda eng yuqori texnologiyali tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ular orasida ferromarganes, grafit, polimer mikrosferalar, filtr elementlari, radiator va boshqalar mavjud. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti bilan birgalikda laboratoriya sharoitida olingan oleinli kislotaning sinovlari tashkil etildi. Tajriba muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi, endi sanoat darajasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

    “Joriy yilning yanvar oyida import o‘rnini bosish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish uchun zarur salohiyat va ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan mahalliy korxonalar vakillari bilan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi”, — deydi OKMK boshqaruv raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Isroilov.

    Bizga qanday kimyoviy mahsulotlar — polimer, metall va boshqa turdagilar kerak bo‘lishi haqida gaplashdik. Biz potensial sheriklarning takliflariga ochiqmiz va ularga har tomonlama yordam berishga, yangi turdagi tovarlarni chiqarishni o‘zlashtirish va sifatini yaxshilash, ixtisoslashgan tuzilmalar, mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyormiz.

    Eng yaxshi variant bu kabi sanoat tarmoqlarini Olmaliqning o‘zida va mahallada tashkil etishdir. Shunda viloyat aholisi munosib ish va yaxshi maosh bilan ta’minlanadi, ular ish izlab ketmaydi. Ma’lumki, import har doim ham saqlanib qoladi, ammo belgilangan rejalar uning ulushini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Yaqin yillarda biz mahalliylashtirish darajasini bosqichma-bosqich 70-80 foizga yetkazamiz, degan umiddamiz.

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    14.02.2021, 18:00   Izoh (0)   23036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2021-yilda 100 dan ziyod shahar va tumanda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinadi

    14.02.2021, 12:00

    Namuna Development ilk loyiha — Nur bo‘lajak uyingiz va ahil qo‘shnilar mavzesini taqdim etadi!

    13.02.2021, 15:00

    “Sevgi iztirobi” seriali bosh qahramonlarining figuralari Tashkent City sayilgohida namoyish etiladi

    13.02.2021, 12:00

    Olmazor Business City turar joy majmuasi — yangi oilaning baxtli hikoyasi

    13.02.2021, 09:00

    Quant – bank qo‘lingizda!

    12.02.2021, 18:00

    Audio kursmi yoki onlayn dars? Qay biri samaraliroq?

    12.02.2021, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Tramp ilm-fanni tushunmasligi ta’kidlandi

    Dunyo | 16 iyun, 22:15

    Front orti buyrug‘i: O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 22:03

    “Daryo” videoreportaji: Roza Zargarli Namanganda konsert berdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 21:54

    “Do‘stlik” metro bekatidan Yangi Toshkent shahrigacha metro yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 21:43

    Farg‘onada fuqaroga suv taʼminotidan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan operator ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 21:35

    “Homila nobud bo‘lgan, yuragi urmayapti, deyishgan”. Munisa Rizayevaning onasi uni qanday qiyinchilik bilan dunyoga keltirgani haqida

    Layfstayl | 16 iyun, 21:20

    Moskvada shifokorlar boshiga pichoq sanchilgan erkakni qutqarib qoldi

    Dunyo | 16 iyun, 21:04

    Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblanganlar qatl etildi

    Dunyo | 16 iyun, 20:50

    O‘zbekistonda may oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj qancha fuqaroga yuridik yordam ko‘rsatilgani aytildi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.