Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar oyida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 32,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2020-yilning yanvar oyiga nisbatan 7 foizga ko‘pdir.
Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 17,0 trillion so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar 15,1 trillion so‘mni tashkil etdi.
2021-yilning yanvar oyida banklar kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 6,7 foizga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 1,7 trillion so‘mga (1,5 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.
Natijada banklardan berilgan naqd pullar tarkibida bank kartalaridan yechib olingan naqd mablag‘lar ulushi 25 foizdan 35 foizga yetdi.
2021-yil yanvar oyida bank kartalariga jami 15,9 trillion so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 5,2 trillion so‘mlik (32,8 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
Izoh (0)