Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmahmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Uning o‘rniga Bahriddin Valiyev bosh prokuror birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bahriddin Valiyev tayinlovga qadar, 2019-iyul oyidan beri, Toshkent shahri prokurori lavozimida ishlagan. Undan oldin Buxoro viloyati prokurori sifatida faoliyat olib borgan.
Bundan avval O‘zbekiston IIV tizimida qator lavozim o‘zgarishlari amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)