Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2020-yilda 2,66 million so‘mni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 14,8 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Nominal hisoblangan ish haqi — ish beruvchining ma’lum bir vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar bajarilgani yoki xizmat ko‘rsatilganligi) uchun hisoblangan amaldagi qonunlarga muvofiq soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan naqd pul shaklida jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad.

Ushbu ish haqi qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari korxona va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning o‘rtacha oylik ish haqi mehnat daftarchalari bo‘lgan xodimlar soni va oylar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Uning tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.

2020-yilda eng yuqori ish haqi moliyaviy va sug‘urta sohasida (6,2 million so‘m), eng pasti — sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida bo‘lgan (1,8 million so‘m).

Hududlar kesimida eng ko‘p ish haqini Toshkent (4 million so‘m), Navoiy (3,5 million so‘m )va Toshkent viloyati (2,9 million so‘m) aholisi olgan.

Rasman ishga joylashgan, ya’ni mehnat daftarchasi bo‘lgan ishchilar soniga ko‘ra ta’lim sohasi yetakchilik qilmoqda (36,8 foiz). Undan keyingi o‘rinlardan sanoat (18,2 foiz), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalari (16,8 foiz) joy olgan.

Grafikdan ko‘rish mumkinki, nominal ish haqi 2020-yilning mart oyida karantin joriy etilishi bilan pasaya borgan. O‘sha vaqtdagi eng yuqori ko‘rsatkich 129,9 foiz bo‘lgan va avgust oyi o‘rtalariga kelib 104,8 foizni tashkil etgan. Keyinchalik vaziyat yaxshilana boshlagan — noyabr o‘rtalariga kelib bu ko‘rsatkich 111,3 foizga yetgan, ammo dekabr oxirlariga borib yana pastlagan (107,8 foiz).

Foto: Davlat statistika qo’mitasi matbuot xizmati

Foto: Davlat statistika qo’mitasi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yilda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 2,3 million so‘mni tashkil etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda