• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Baxtli yakunlangan qissa. “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi nega “Oskar” olgan edi?

    Har bir kishining o‘z sevimli filmi bo‘ladi. Ko‘pchilikka birdek sevimli bo‘lish kamdan kam filmlarga nasib etgan. Ana shunday filmlardan biri “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmidir. Film 1980-yil 11-fevral kuni ekran yuzini ko‘rgan. Sana munosabati bilan “Daryo” kolumnisti Farrux Adhamjonov mazkur film haqida hikoya qiladi.

    Kino haqida

    “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi Vladimir Menshov tomonidan Valentin Chernixning ssenariysi asosida suratga olingan. Film 1979-yil dekabr oyida premyera qilinib, 1980-yil 11-fevraldan boshlab televideniye orqali uzatila boshlangan. Yuksak mashhurlikka erishgan film bir yilda 90 milliondan ortiq ko‘rilgani bilan rekord o‘rnatgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Film avvaliga kinotanqidchilar tomonidan “arzon melodrama” sifatida kuchli tanqidlarga uchragan, lekin tomoshabinlar tomonidan alohida e’tirof etilishni boshlagan. 1981-yil “Eng yaxshi xorijiy tildagi film” yo‘nalishida “Oskar” haykalchasini qo‘lga kiritgani esa ko‘p narsani o‘zgartirib yuborgan.

    Syujet

    Filmdagi voqealar ikki qismga bo‘lingan holda, 20 yillik tafovut bilan — 1950-yillar oxiri va 1970-yillar oxirini tasvirlagan.

    Moskvaga boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan uch nafar dugona taqdiri ularning xarakterlariga mos tarzda shakllanishni boshlaydi. Filmning markaziy e’tibori ham ularning xarakteri sabab rivoj topadigan taqdirlariga qaratiladi.

    Katerina (Vera Alentova) – qat’iyatli va maqsadi sari kuchli intiladigan, universitetga kirish uchun qattiq tayyorlanayotgan va o‘z xarajatlarini qoplash uchun bo‘sh vaqtida zavodda ishlaydigan qiz.

    Antonina (Raisa Ryazanova) – uyatchan va oddiylikni ustun ko‘radigan, o‘ziga katta maqsadlar qo‘ymagan, qurilishda ishlaydigan oddiy qiz.

    Lyudmila (Irina Muravyova) – xushchaqchaq va o‘ziga qattiq ishongan, lotereya kabi tasodifiy baxt ketidan quvadigan, non zavodida ishlovchi qiz.

    Qahramonlar o‘zlari qilgan tanlovga ko‘ra, 20 yildan so‘ng ham xarakterini deyarli o‘zgartirmagan holda yashayotgan bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Katerina universitetni tamomlab, yirik tadbirkor va “Mossovet” deputatiga aylanadi. U yolg‘iz holda qizini voyaga yetkazayotgan bo‘ladi. Antonina qurilishda ishlayotgan, uch nafar farzandi va sevimli umr yo‘ldoshi bilan birga odatiy hayot kechirayotgan baxtli onaga aylanadi. Lyudmila esa kiyimlarni tozalash xizmatida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, o‘tgan 20 yil ichida shon-sharaf va muvaffaqiyatga erishgan Sergeyga turmushga chiqadi. Sergey yuqori martabani ko‘tara olmay, ichkilikka ruju qo‘ygani uchun u bilan ajrashgan bo‘ladi.

    Film davomidagi voqealar markazi o‘z orzulariga erishayotgan, lekin hali turmushga chiqmagan Katerina bilan davom etadi. Katerina Antonina oldiga tashrif buyurib, Gosha bilan tanishadi. Gosha oddiy ishchi sinfidan bo‘lishiga qaramay, kuchli intelligent egasi ekanligi, hayotga o‘zgacha qarashlari va yuksak mas’uliyati bilan ajralib turar edi. Katerina sinfiy farqlarga qaramay, Goshani yoqtirib qoladi. Film yakunigacha uni qidirish bilan band bo‘lgan Katerina yakunda Gosha bilan qayta uchrashadi. Film esa mashhur “Men seni qanchalar uzoq izladim” iqtibosi bilan yakuniga yetadi.

    Tahlil

    Film ssenariysi tomoshabinlarga qiziqarli melodramani taqdim etishi bilan birga, insonlar xarakteri ularning taqdiriga qay darajada qattiq ta’sir o‘tkazishini ajoyib tarzda ko‘rsatgan. Shu bilan birga, film muvaffaqiyatli tarzda tomoshabinlarga “20 yildan so‘ng o‘zingizni qay ahvolda ko‘rasiz?” kabi savollar bilan murojaat qilgan. Avvaliga film ssenariysini jiddiy qabul qilmagan rejissor Menshov undan voz kechmoqchi bo‘ladi, lekin Menshov o‘z umr yo‘ldoshi bilan ko‘rgan-kechirganlari ssenariydagi voqealarga o‘xshab ketgani sabab filmni yaratishga kirishadi. Filmga aktyorlar guruhini yollash ham katta qiyinchilik bilan amalga oshgan. Ssenariydan qoniqmagan aktyorlar kinodan voz kechgani uchun kasting uzoq vaqt davom etgan. Suratga olish ishlari esa uzoq vaqt talab qilmagan, filmni yaratish uchun ham ko‘p mablag‘ zarur bo‘lmagan. Kinokartina butun SSSR bo‘ylab mashhurlikka erishish bilan birga, chet davlatlarida, xususan, AQShda kuchli e’tirof etila boshlagan. Bunga asosiy sabab filmning“Oskar”ga ega chiqishi bo‘lgan.

    Avvaliga bu xabarni ko‘pchilik hazil deb o‘ylagan. Sababi bu haqda yangiliklar 1981-yil 1-aprelda e’lon qilinishni boshlagan. Ko‘p kinotanqidchilar yomonlagan filmga katta e’tibor qaratilib, “Oskar”ga ega chiqishiga sabab nima edi?

    “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmining muvaffaqiyatga erishishida ko‘plab omillar rol o‘ynagan. Asosiy omil esa ssenariyning kuchli yozilgani hisoblanadi. Unda uch obraz asosiy qahramon qilib tanlangan bo‘lsa-da, boshqa kichik plandagi insonlarning ularga ta’siri chiroyli tarzda ochib berilgan.

    Bir qarashda go‘zal melodrama bo‘lgan film tomoshabinlar uchun o‘zida achinarli voqealar rivojini ham taqdim etgan. Uzoq yillik mehnat faoliyatini o‘ylab o‘z shaxsiy hayotidan kechgan inson taqdiridan tortib baxtsizlikka olib kelgan omadgacha.

    Ko‘plab tomoshabinlar filmni tomosha qilganda o‘zlarining kechinmalari bilan deyarli bir xil holatni ko‘rgani uchun rejissorga rahmat xatlarini yuborgan.

    Kinokartina o‘zida shaxsiy hayot, insonlar xarakteri, o‘z maqsadiga intilish kabi doimiy aktual mavzularni tasvirlagani uchun o‘lmas filmlar qatoriga kira olgan. Filmda inson hislari o‘ta hayotiy aniqlikda ochib berilgan bo‘lib, unda rus xalqi qalbini his qilish mumkin.

    1985-yilga kelib esa AQSh prezidenti Ronald Reygan Moskvaga tashrifidan oldin rus qalbini his qilish uchun bu filmni bir necha marotaba qayta ko‘rganini aytib o‘tgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xulosa

    Rejissor Menshov ko‘p filmlar suratga olmagan, lekin birgina “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmida u komediya, tragediya, ijtimoiy drama, romantika janrlarini, insonlaring ichki dahshatlarini aks ettirgan va ularning hayotda qo‘ygan turli maqsadlarini ko‘rsata olgan. Kino nomi mashhur rus maqolidan olingan va “nolishlarsiz o‘z muammolaringni o‘zing hal qil” ma’nosini beradi. Filmning yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy xabari ham hech narsa insonga sovg‘a tariqasida berilmasligini, biror natijaga yetishish uchun qat’iyat va o‘ziga ishonchning naqadar muhimligi bo‘lgan.

    “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi hayot hech narsani o‘zidan o‘zi in’om etmasligini, inson har qancha kuchli va mustaqil bo‘lmasin, unga sevgi qay darajada muhim ekanligini va hech qachon qayta boshlashga kech bo‘lmasligini mohirona ko‘rsata olgan yuksak san’at asaridir.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    11.02.2021, 21:24   Izoh (0)   47324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmi yulduzi Leonid Kuravlyov yo‘qolib qoldi

    11.02.2021, 20:23

    Disney “Muzlik davri” hamda “Rio” multfilmlarini yaratgan Blue Sky Studios’ning yopilishini ma’lum qildi

    11.02.2021, 16:33

    Video: Sakkiz oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgan yangi “Forsaj”dagi to‘rt soniyalik sahna

    11.02.2021, 15:34

    Raj Kapurning kenja o‘g‘li — aktyor Rajiv Kapur 58 yoshida vafot etdi (foto)

    10.02.2021, 12:34

    “Elchining qizi” serialini yana bir aktrisa tark etmoqda

    09.02.2021, 21:22

    Amerikalik xonanda Britni Spirsning hayoti haqidagi hujjatli film taqdim etildi (video)

    09.02.2021, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.