Daryo

Konor Makgregorga qarshi 3-jang bo‘ladimi? Dastin Porye javob berdi

Porye Konorga qarshi jangdan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi, shuningdek, Maykl Chendler haqida ham gapirib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish67 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

UFC’ning amerikalik sportchisi Dastin Porye promoushenning ikki vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Getty Images
Porye Makgregorga qarshi revansh jangida raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi.
Bu juda muhim jang edi. Maks Holloueyga qarshi jangim ham muhim bo‘lgan. Konorga qarshi jangdan oldin avvalgi to‘qnashuvimiz haqida umuman o‘ylamadim. Har bir jang ruhiy jihatdan murakkab bo‘ladi. Tayyorgarlik jarayonida bu narsalar haqida o‘ylamayman.

Biroq keyin (Abu-Dabida) o‘tirib o‘ylayverasan-o‘ylayverasan. Ko‘pchilik jang taqdiri parterda hal bo‘ladi deb o‘ylagandi. Ammo hammasi tik holatda sodir bo‘ldi. Hammasi biz rejalashtirgandek kechdi. Konorning oyog‘ini ishdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldim. To‘piqqa bergan zarbalarim yetib bordi. Mushaklarga zarba berishning uddasidan chiqdim.

Uchinchi jang? Bizda nokautlar bo‘yicha hisob 1-1. Uchinchi jangni ham tashkil etish mumkin.

Maykl Chendler haqida gapiradigan bo‘lsak, uni hurmat qilaman. Ammo u nima qildi o‘zi? Men taslim etgan bolani yutdi. Endi Charlz Oliveyra bilan jang qilsin, keyin ko‘ramiz. U bilan hozir jang qilishni xohlamayman.

Umuman olganda hozir jismoniy holatimning cho‘qqisidaman.

Dastin Porye, UFC jangchisi
Ma’lumot uchun, Dastin Porye Konor Makgregorga qarshi jangdan kafolatlangan 1 million dollar gonorarga ega bo‘ldi. Shuningdek, UFC 257 dagi yorqin ishtiroki sabab qo‘shimcha bonus — 50 ming dollarni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga doir: Konor Makgregor: “Bunday kuchli oyoq zarbalariga duch kelmagandim”

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar