Amerikaning Fortune jurnali hozirgi zamonning eng hurmatga sazovor kompaniyalari reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Ro‘yxat boshidan Apple o‘rin olgan. Korporatsiya ketma-ket 14 yildan buyon birinchilikdan tushmay kelmoqda. Undan keyingi pog‘onalarda Amazon, shuningdek, Microsoft joylashgan.
To‘rinchi o‘rin Walt Disney studiyasiga nasib etgan bo‘lsa, beshinchi o‘rinni Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i egallagan. Tahlilchilar top-10 ro‘yxatga Netflix qaytganini alohida ta’kidlab o‘tgan, shuningdek, top-50 ro‘yxatga birinchi bor kirishga muvaffaq bo‘lgan Nvidia protsessorlarini ishlab chiqaruvchi, Abbott Laboratories kimyo-farmatsevtika korporatsiyasi va PayPal elektron to‘lov tizimini tabriklagan.
Bu safar Facebook reytingdan o‘rin olmagan.
Dunyodagi eng hurmatga sazovor kompaniyalar top-10 ligi:
- Apple;
- Amazon;
- Microsoft;
- Walt Disney;
- Starbucks;
- Berkshire Hathaway;
- Alphabet;
- JPMorgan Chase;
- Netflix;
- Costco Wholesale.
Mavzuga doir: Eng talabgir iPhone modellari reytingi e’lon qilindi
Izoh (0)