Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Parkent hamda Ohangaron ko‘chalari kesishmasida Cobalt teplovoz bilan to‘qnashdi.
YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 8-fevral kuni soat 13:00 larda yuz bergan. Cobalt’ni boshqarib ketayotgan 1962-yilda tug‘ilgan haydovchi B.A. 8 ta vagon bilan harakatlanib ketayotgan O.A. boshqaruvidagi “TEM2-7084” rusumli teplovozga to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Surxondaryoda Damas harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdiga kelib urildi. Haydovchi shifoxonada vafot etgan
- Yunusobodda temiryo‘l svetoforining taqiqlovchi belgisidan o‘tib ketgan Nexia va Lacetti YTHga uchradi
- Surxondaryoda teplovoz Matiz’ni urib yubordi. Avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan
Izoh (0)