Toshkent shahri Yunusobod tumanida Nexia va Lacetti avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Kadr: Videodan skrinshot

Qayd etilishicha, 2021-yil 10-yanvar kuni taxminan soat 17:30 larda Yunusobod tumanidagi Lokomotiv bog‘i yonida Nexia rusumli avtomobil haydovchisi, 30 yoshli E.K. kutilmagan harakat sababli 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

YTHdan oldin ikkala haydovchi ham temiryo‘l svetoforining taqiqlovchi belgisiga va tushirilayotgan shlagbaumga e’tibor bermagan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkala haydovchi ham hushyor bo‘lgan. Voqea sababli hech kim jabrlanmagan.

Mazkur fakt asosida YHXB xodimlari tomonidan ikkala haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi

Avvalroq Farg‘onada shlagbaumni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashgani, Buxoroda 69 yoshli fuqaro yo‘lovchi poyezdi urib ketishi oqibatida halok bo‘lgani hamda Surxondaryoda teplovoz Matiz’ni urib yuborgani haqida xabar berilgandi.