“Jenoa” Italiya chempionatining 21-turida “Napoli”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Jamoa boshqaruviga Davide Ballardini kelganidan keyin genuyaliklar A Seriyaning 8 turida 17 ochko to‘pladi: 5 g‘alaba, 2 durang va bir mag‘lubiyat.
Bu vaqt oralig‘ida faqat “Yuventus” (18) “Jenoa”dan ko‘proq ochko to‘plagan. Shu bilan birga Eldor Shomurodov jamoasi mazkur 8 o‘yinda hammadan kam gol o‘tkazib yuborgan — 5 ta.
“Jenoa” 21-turdan keyin 24 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Ballardini kelguniga qadar “grifonlar” 19-pog‘onada edi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)