Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 21-turida “Milan” 7-fevral, yakshanba kuni “Krotone”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Zlatan Ibragimovich milanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada shvetsiyalik hujumchi dublini nishonladi. Oradan ko‘p o‘tmay Ante Rebich ikki daqiqa ichida ikkita gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Milan” ochkolarini 49 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa qaytdi. “Krotone” (12) esa so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Stefano Pioli shogirdlari keyingi turda “Spetsiya” mehmoni bo‘ladi, “Krotone” esa “Sassuolo”ni qabul qiladi.
A Seriya
21-tur bahslari
7-fevral, yakshanba
“Milan” — “Krotone” 4:0
Gollar: 1:0 – 30 Ibragimovich, 2:0 – 64 Ibragimovich, 3:0 – 69 Rebich, 4:0 – 70 Rebich.“Milan”: Donnarumma, Kalabriya, Romanyoli, Teo, Tomori, Salemakers (Kastilyexo, 46), Kessie, Meyte, Rebich (Heuge, 77), Ibragimovich (Manjukich, 77), Rafael Leau (Chalxono‘g‘lu, 62).
“Krotone”: Kordats, Rispoli, Golemich, Djidji, Pedru Pereyra, Benali (Eduardo Enrike, 72), Vulich (Petrichchone, 78), Unas (River, 63), Dzanellato, Luperto, Di Karmine (Nvankvo, 78).
Ogohlantirishlar: Salemakers (36), Rispoli (73), Romanoli (81), Kalabriya (86).
“Udineze” — “Verona” 2:0
Gol: 1:0 – 83, avtogol Silvestri, 2:0 – 90+1 Delofeu.“Benevento” — “Sampdoriya” 1:1
Gollar: 1:0 – 55 Kaprari, 1:1 – 80 Keyta Balde.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)