• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shialikdan voz kechayotgan eronliklar. Vaksinalar jangi. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” an’anaviy jahon matbuoti sharhi ruknini davom ettiradi.

    Nega eronliklar shialikdan voz kechmoqda?

    Erondagi avtoritar va teokratik hokimiyatning xalqdan uzilib qolayotganligi ta’sirida eronliklar o‘z dinlarini o‘zgartirmoqda, deb yozadi The Economist nashri.

    Foto: Shutterstock

    Foto: Shutterstock

    Nega bunday vaziyat yuzaga kelmoqda? Avvalo teokratik hokimiyatning qatag‘on siyosati va shialik aqidalarining boshqa dinlardan ustun ekanligini ifodalovchi amaldagi hokimiyat doktrinasi tobora oddiy xalq orasida shia dindorlariga nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltirdi. Natijada, aksar eronliklar shialikdan chiqib, boshqa dinlardan panoh izlamoqda. Erondagi nasroniy, zardusht dini vakillari namoyondalari fikricha, so‘nggi paytlarda oddiy aholining boshqa dinlarga yuz tutishi ko‘plab kuzatilmoqda. Quvg‘indagi shia mazhabi ruhoniysi Yosir Mirdamalining fikricha, eronliklarda o‘z diniy e’tiqodiga sodiqlik masalasida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, sababi ular ortiq rasmiy dindan qoniqish va mamnuniyat his qilmay qo‘yganligidadir.

    Shia mazhabining yetakchilari boshqa yakkaxudolik dinlarni ham e’tirof etsa-da, ammo amalda boshqa dinlar vakillarining mamlakat parlamentida ishtiroki cheklangan. Hozirda parlamentdagi 290 o‘rindan bor yo‘g‘i 5 tasi  zardushtiylar, nasroniylar va yahudiylar dini jamoasi vakillariga ajratilgan xolos. Eron esa musulmon dunyosidagi eng katta yahudiy jamoasi istiqomat qiladigan mamlakatlardan biri sanaladi.

    Eron rejimini yoqlovchi dindorlar eronliklarning boshqa dinlarga o‘tishini o‘lim jazosi bilan jazolashni taklif qilib keladi. Boz ustiga, 1979-yilgi Eron inqilobidan beri boshqa din vakillarining u yoki bu yuqori davlat lavozimiga tayinlanishi kuzatilmadi. Ba’zida shialar diniy kamchilik bo‘lgan boshqa din vakillarini josuslik va kofirlikda ayblab chiqib turishadi. Qolaversa eronlik yuqori martabali dindorlar orasida barcha dinlarga teng huquqlilik berilishi davlatning birligini buzadi degan isbotlanmagan qarash ham hukmron.

    Qatag‘onlar esa ish bergani yo‘q. Rasmiy manbalarda 82 millionlik Eron aholisining 99,5 foizi shialar sifatida ko‘rsatilsa-da, bu ma’lumotlar yetarli darajada ishonchli emas. Niderlandiyaning Gamaan tadqiqot markazi tarafidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Eronda istiqomat qiluvchi 50 ming nafar aholining 90 foizi o‘z dinlarini o‘zgartirganligini ma’lum qilgan. Bu esa Eron jamiyatining diniy mansubligi borasida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligidan dalolat beradi. Ustiga ustak, rasmiy Tehronning bergan statistik ma’lumotlarini shubha ostiga qo‘yadi.

    Zardushtiylik Erondagi qadimiy dinlardan sanaladi va mamlakatdagi ikkinchi o‘rinda turuvchi dinlardan biridir. Rasmiy manbalarda zardushtiylik jamoalarining soni 23 ming nafar deb ma’lumot beriladi. Zardushtiylar miloddan avvalgi 6 asrda yashagan kohin Zaratushtra (Zardusht)ning davomchilari. So‘rovnomada ishtirok etgan 50 ming nafar ishtirokchilarining 8 foizi zardushtiylik diniga e’tiqod qilishlarini ma’lum qilgan. Zardushtiylikka xos bo‘lgan olov atrofida nikohdan o‘tish keng ommalashgani bois, Eron hukumati 2019-yilda bu marosimni taqiqlab qo‘ydi.

    Eronlik shia dini ulamolari, qolaversa, so‘fiylik va islom mistikasidan ham xavfsiraydi. 2018-yilda bir qator so‘fiylik ta’limoti namoyondalarini ta’qib qilish boshlandi va ularning ayrimlari qamoqqa olindi. Erondagi mashhur so‘fiylik ta’limotining yetakchisi Nur Ali Tobandi uy qamog‘iga olindi va 2019-yilda vafot etgunga qadar uy qamog‘ida saqlandi. Shunga qaramay, Nur Ali Tobandining izdoshlari safi kengayib bormoqda.

    2016-yilda Hasan Ruhoniy diniy kamsitishga barham beruvchi xartiyani e’lon qilgan bo‘lsa-da, amalda Eronda din borasida hech narsa o‘zgarmasdan kelmoqda. Oyatulloh Homanaining “Islomda quvonch yo‘q” deya ta’kidlashiga qaramasdan, nisbatan yangi bo‘lgan yarsoniy, bahoiy kabi diniy oqimlarning marosimlarini musiqa, raqs yordamida nishonlashga qiziqib borayotgan eronliklar soni ham sezilarli o‘sib bormoqda.

    Vaksinalar urushi

    Pandemiya dunyo iqtisodiyotiga katta ziyon yetkazib turgan, millionlab insonlar hayoti koronavirusga qarshi vaksinaga muhtoj bo‘lib turgan bir vaziyatda davlatlar bir birlariga nisbatan vaksinalar urushini e’lon qilishmoqda. Natijada, ayrim mamlakatlar siyosiy muxoliflari ishlab chiqarayotgan vaksinani sotib olmaslik va hattoki, u vaksinani taqiqlab qo‘yish siyosatini ham yuritmoqda deb yozadi, The Washington Post nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yaqinda Ukraina hukumati ruslarning “Sputnik V” nomli vaksinasini ishonchsiz deya taqiqlab qo‘ygan bo‘lsa, Eron hukumati AQSh va Buyuk Britaniyaning koronavirusga qarshi vaksinalarini taqiqlab, rus vaksinasidan foydalanishga ruxsat berishdi.

    Tayvan hukumati ham Xitoy vaksinalarini taqiqlagan holda, Xitoyda bo‘lib qaytgan tayvanliklar Xitoy vaksinalari bilan emlangan bo‘lsa-da, ularni karantin zonalariga joylashtirishlarini e’lon qildi. Natijada vaksina xususidagi millatchilik yuzaga keldi. Boy mamlakatlar esa vaksinalarni sotib olishga zo‘r bergan holda, ko‘p vaksina sotib olish yo‘li bilan pandemiyadan tezroq o‘tib olishni istamoqda. Biroq Ukraina, Tayvan, Eron hukumatlari hali o‘z milliy vaksinalarini yaratish ustida rasmiy tarzda ish boshlagani yo‘q. Tayvan koronavirusni jilovlash borasida muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, Ukraina va Eronda koronavirusga qarshi kurash muvaffaqiyatsiz kechmoqda va ko‘p o‘lim qayd etilmoqda. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari va mahalliy aholi orasida xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. 2016-2019-yillarda Ukraina Sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan Pavel Kovtonyuk nazarida Ukrainaning vaksinalar borasidagi xavotirini ruslar siyosiy masala sifatida ko‘tarmoqda. Shu sababdan, Ukraina ayni paytda gibrid urush nima ekanligini yaxshi anglab yetgan.

    Siyosiy doiralarda vaksina borasida norozilik kayfiyatining yanada ko‘payishiga qaramay, ukrain siyosatchilari rus vaksinasining ishonchsizligini tasdiqlagan holda rus vaksinasini sotib olinishiga qarshi chiqishdi. 40 million aholiga ega bo‘lgan Ukraina Yevropaning eng katta aholi soniga ega bo‘lgan mamlakatlaridan biri bo‘lsa-da, aholini vaksinalar bilan ta’minlash borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Sabab esa ruslarning “Suptnik-V” vaksinasiga nisbatan paydo bo‘lgan ishonchsizlik hisoblanadi.

    Ukraina va Rossiya munosabatlari 2014-yildan beri taranglashdi. Ruslar Ukraina shimolidagi ayirmachilarni dastakladi va Qrimni anneksiya qildi. Ukraina shimolidagi ayirmachilar qo‘l ostidagi hududlarda esa bu hafta rus vaksinasi yordamida ommaviy emlash boshlandi. Virjiniya Hamdo‘stlik universiteti professori Judit Tvig nazarida “ruslar ta’kidlayotgandek, har kim qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar yuqori sifatli vaksina bilan emlanishi kerak va bu geosiyosiy masalaga aylanmasligi” lozim. Garchi Ukraina vaksina borasida ruslarga qarshi turgan bo‘lsa-da, bu Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishga yoki koronavirusga qarshi kurashda ukrain hukumati oldida muqobil yo‘l borligidan darak bermaydi.

    Xalqaro dastur yordamida Ukraina Pfizer va BioNtech farmatsevtika kompaniyalaridan 8 million dona vaksina sotib olishi rejalashtirilgan. Ukrainada ommaviy emlash shu oyning oxirlaridan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari Ukraina Xitoyning Sinovak Farm kompaniyasi bilan 1,8 million dona vaksina sotib olish borasida shartnoma imzoladi. Agarda Ukraina Pfizer va BioNtech vaksinalarini o‘z vaqtida ola olmaydigan bo‘lsa, ukrain hukumati Xitoy farmatsevtika kompaniyalarining boshqa dori kompaniyalari bilan vaksina sotib olish borasida shartnoma imzolashga majbur bo‘ladi.

    Eron ham koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan mamlakatlardan biri. Hozirga qadar mamlakatda 1,4 million odamda koronavirus aniqlangan. Koronavirusdan vafot etganlar statistikasi esa 60 mingdan oshiqni tashkil qilmoqda. Yanvar oyi boshlarida Eron rahbari Oyatulloh Homanai amerika va ingliz vaksinalarini import qilishni taqiqlab qo‘yar ekan, bu mamlakatlar vaksinalarini ishonchga sazovor emas deya ta’kidladi. Diniy rahnamo o‘z fikrini quvvatlash uchun “agarda AQSh va Britaniya vaksinalari ishonchli bo‘lganda edi, ular eng avvalo o‘z vaksinalarini boshqalarga sotishni emas, o‘zlaridagi vaziyatni yaxshilash uchun ishlatgan bo‘lar edi” deya ta’kidladi. Bu esa Eron hukumati yo‘l qo‘yayotgan siyosiy va ijtimoiy xatolardan navbatdagisidir.

    Tayvan ham o‘tgan oyda Xitoy vaksinalariga qarshi taqiq e’lon qildi. Tayvandagi ayrim siyosiy elita nazarida vaksina borasidagi masala siyosiylashtirilmasligi kerak. Xitoy Tayvanni o‘zining tarkibiy qismi sifatida qaragan holda asosiy materikda istiqomat qilayotgan aksar tayvanliklarga koronavirusga qarshi vaksinani beg‘araz yordam sifatida taqdim qilishini e’lon qildi. Tayvan hukumati esa Xitoyning bunday qadamiga ishonchsizlik bildiribgina qolmay, Xitoy vaksinasining xavfsizligiga shubha bilan qaradi. Tayvanlik mutaxassislar nazarida, rus va Xitoy vaksinalarining uchinchi bosqich sinovlariga kirmasdan turib koronavirusga qarshi vosita deb e’lon qilishlari vaksinalarning ishonchli ekanligi borasida Tayvan hukumatida shubha gumonlarni keltirib chiqargan.

    Tayvanda ommaviy emlash boshlanishi mart oyining boshlariga belgilangan bo‘lib, hozirda Tayvan hukumati Astra Zeneka kompaniyasidan 10 million dona vaksinani xarid qilishga shartnoma imzolagan. Xitoy Taypeyi (Tayvanning ikkinchi nomi)ning AQShdagi vakili bayonotiga ko‘ra, Tayvan AQShdan qo‘shimcha 5 million dona vaksina sotib olish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

    Ukraina va Eronga taqqoslaganda Tayvanning koronavirusga qarshi kurashda afzallik jihatlari mavjud va bu Tayvan hukumati koronavirusning tarqalishini oldini olish borasida sezilarli yutuqlarga erishganligidir.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    06.02.2021, 20:55   Izoh (0)   121302
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belgiyada 8-fevraldan karantin cheklovlari yumshatiladi

    06.02.2021, 19:14

    Ispaniyada AstraZeneca vaksinasi bilan keksalarni emlash taqiqlandi

    06.02.2021, 17:13

    Berdimuhamedov sanoat sektori ishini tanqid qildi va Turkmanximiya rahbariga qattiq tanbeh berdi

    06.02.2021, 16:15

    Myanmaning harbiylar tomonidan hibsga olingan prezidenti noma’lum joyga ko‘chirildi

    06.02.2021, 14:26

    Bayden COVID-19’ga qarshi kurash uchun AQSh aholisiga 160 milliard dollar ajratishini va’da qildi

    06.02.2021, 10:32

    Chexiya hukumati pandemiya oldida ojiz qolayotganini tan oldi

    06.02.2021, 09:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.