Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Boks bo‘yicha o‘zbekistonlik murabbiy Rustam Saidov Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: MOQ matbout xizmati

Foto: MOQ matbout xizmati

Qayd etilishicha, 42 yoshli mutaxassis Malayziya boks federatsiyasi bilan rasman shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, 1978-yilda tavallud topgan Rustam Saidov Sidney—2000 Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u ikki karra Osiyo o‘yinlarida (Pusan—2002, Doha—2006) g‘alaba qozongan.

2011-yilda bokschilik faoliyatini yakunlagan Rustam Saidov shu vaqtga qadar murabbiylik faoliyatini olib borayotgandi. O‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan mutaxassis 2015-yilda Osiyoning eng yaxshi boks murabbiyi deb topilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Abduqodir Mo‘minov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda