“Paxtakor”dan “An-Nassr”ga o‘tgan Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni klubi uning transferi uchun toshkentliklarga qancha mablag‘ to‘laganini ma’lum qildi. Futbolchi bu haqida “Tribuna.uz”ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Masharipovning so‘zlariga ko‘ra “An-Nassr” transferi uchun “Paxtakor”ga 1,5 million AQSh dollaridan ortiq pul o‘tkazib bergan.
Avvalroq “Daryo” manbasi futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi. Shundan keyin “An-Nassr” legionerlar bilan bog‘liq limit sabab Jaloliddinni BAAning “Shabob al-Ahli” klubiga ijaraga berdi.
Ma’lumot uchun, Masharipov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2013-yilda bosh jamoada debyut qilgan. 2017-yilni ijara asosida “Lokomotiv”da o‘tkazgan futbolchi 2021-yilga qadar “sherlar” safida harakat qilib keldi. Masharipov Superliga 2020-yilgi mavsumida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)