Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi 1/4 finali doirasida “Barselona” klubi 3-fevral, chorshanba kuni “Granada” mehmoni bo‘ldi va 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklar uchrashuv davomida “Granada” darvozasi tomon 36 ta zarba yo‘lladi. Shundan 20 tasi darvoza tomon aniq borgan.
Opta’ning yozishicha, bu “Barselona” 2013/14-yilgi mavsumdan keyingi eng yaxshi natijasidir. Ya’ni klub so‘nggi 7 yilda bitta o‘yin davomida raqaib darvozasi tomon bunchalik ko‘p zarba yo‘llamagan edi.
Ushbu o‘yindagi g‘alaba sabab “Barselona” Ispaniya Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)