BBC nashri o‘z talqiniga ko‘ra futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi klublari tomonidan yanvar oyida amalga oshirilgan eng yaxshi transferlarni aniqladi.
Ovoz berish jarayonida Brunu Fernandesh, Nemanya Vidich, Patris Evra (hammasi — “Manchester Yunayted”), Luis Suares, Virjil van Deyk, Filippe Koutinyo (hammasi — “Liverpul”), Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”) kabi futbolchilar nomzodi ishtirok etdi.
Ovoz berish yakuniga ko‘ra Brunu Fernandesh transferi 31 foiz ovoz oldi va APL tarixida yanvarda amalga oshirilgan eng yaxshi transfer deb topildi. Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” 2020-yil yanvarida Brununi 47 million funt evaziga “Sporting”dan sotib olgandi.
Keyingi o‘rinlarni esa Virjil van Deyk (26 foiz), Nemanya Vidich (15 foiz) va Luis Suares (13 foiz) egalladi.
Ro‘yxatdagi futbolchilar qachon va qayerdan qaysi klubga o‘tgan?
- Nemanya Vidich: 2006-yil “Spartak M”dan “Manchester Yunayted”ga 7 million funt evaziga.
- Patris Evra: 2006-yil “Monako”dan “Mancheste Yunayted”ga 5,5 million funt evaziga.
- Luis Suares: 2011-yil “Ayaks”dan “Liverpul”ga 22,7 million funt evaziga.
- Filippe Koutinyo: 2013-yil “Inter M”dan “Liverpul”ga 8,5 million funt evaziga.
- Virjil van Deyk: 2018-yil “Sauthempton”dan “Liverpul”ga 75 million funt evaziga.
- Pyer-Emerik Obameyang: 2018-yil “Borussiya D”dan “Arsenal”ga 56 million funt evaziga.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)