• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi sohada raqamli texnologiyalarning tatbiq etilishi, konlarni raqamlashtirish ishlari holati va dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishdi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev jamiyatning boshqaruv apparatida tashkil qilingan zamonaviy markazlashgan ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Qisqa vaqt davomida amalga oshirilgan avtomatlashtirilgan gaz hisobini nazorat qilish ASKUG loyihasi hamda loyiha doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.

    Bunda gaz hisobini nazorat qilish avtomatlashtirilgan axborot tizimi qazib chiqarish va uni qayta ishlash boshqarma va zavodlaridan, “O‘ztransgaz” AJga tijorat gaz uzellaridan uzatilayotgan gaz sarfini onlayn tarzda nazorat hamda boshqaruvini olib borish borasida amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

    Boshqaruv raisi qazib chiqarish va qayta ishlash boshqarmalari, zavodlaridagi texnologik qurilmalardagi jarayonlarni real vaqt rejimida nazorat qilish, monitoringini olib borish bo‘yicha yaratilgan, avtomatlashtirilgan tizimga oid ko‘rsatmalar berdi.

    Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish natijasida tizimdagi tezkor ma’lumotlarning shaffofligi oshib, inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan faktorlarning oldi olinishi uchun ushbu avtomatlashtirilgan tizim zarurligi qayd etib o‘tildi.

    Bundan tashqari, xorij tajribasini o‘rgangan holda ushbu tizimni yanada takomillashtirish, kengaytirish hamda barcha korxona va tashkilotlar bo‘yicha ma’lumotlarni yagona bazada shakllantirgan holda nazoratni olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

    Xususan, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari departamenti faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish, departament tasarrufida dasturchilar markazini yaratish, tashkilot faoliyatini yanada avtomatlashtirish yuzasidan tegishli dasturlar, axborot tizimlari, platformalarini yaratish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish kerakligi belgilandi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev sohaga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, uglevodorod konlarini raqamlashtirish va qazib chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.
    Jumladan, Konlarni ishlatish departamenti qoshida tashkil etilgan “Uglevodorod konlarini modellashtirish va ma’lumotlar bazasini yuritishni monitoring qilish bo‘limi”ning faoliyatiga doir masalalarni muhokama qilib, bo‘lim mutaxassislari bilan ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar borasida suhbatlashdi.

    Ushbu markaz hozirda respublikada yangidan barpo etilgan neft va gaz konlarini raqamli 3D formatda modellashtirish bo‘yicha yagona markaz bo‘lib, u eng zamonaviy kompyuterlar, dasturiy ta’minotlar va serverlar bilan jihozlangan.

    Markazda ushbu tizim imkoniyatlaridan oqilona foydalanish va olingan natijalarni ishlab chiqarishga samarali tadbiq etishni tashkillashtirish maqsadida yuqori darajada qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

    2020-yilda ushbu markaz mutaxassislari tomonidan 5200 dan ortiq quduqlar bo‘yicha 350 mingdan ortiq ma’lumotlar, 1300 kilometrdan ortiq 2D hamda 2500 km/kv hajmdagi 3D seysmik-qidiruv ishlarining ma’lumotlari raqamlashtirildi va yagona milliy ma’lumotlar elektron bazasiga kiritildi.

    Raqamlashtirilgan ma’lumotlar asosida 100 ta konning raqamli 3D-geologik hamda 10 ta konning 3D-gidrodinamik modellari yaratildi. Hozirda ular bosqichma-bosqich ishlab chiqarishga tadbiq etilmoqda.

    Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida Petrel, Techlog, Eclipse, Intersect, Mero, Pipesim, Iam va Prosource kabi eng zamonaviy dasturiy ta’minotlarining imkoniyatlarini keng ko‘lamda jalb etish orqali amalga oshirilmoqda.

    Ushbu jarayonlarda neft va gaz quduqlarining ish rejimini tartibga solish, burg‘ulanadigan yangi quduqlarning o‘rnini aniqlash, mahsuldor qatlamlar ish samaradorligini oshirish kabi bir qator dolzarb masalalar tezkor ravishda o‘z yechimini topmoqda.

    Shuningdek, boshqaruv raisi Ustyurt hududida joylashgan “Quyi Surgil” va “Sharqiy Berdax” konlarning yangi raqamli-geologik modellarini yaratish jarayonlari va ular asosida “Quyi Surgil” konidagi 20, 21 hamda “Sharqiy Berdax” konidagi 96-sonli quduqlarni burg‘ilash o‘rnini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi.

    Mehriddin Abdullayev modellashtirish ishlarini konlardagi mavjud barcha geologik ma’lumotlar, shu jumladan, 3D seysmik ma’lumotlar, quduqlardan olingan burg‘ilash va geofizik tahlillar natijalari asosida yaratish lozimligini va bu orqali uglevodorod qazib chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan quduqlarni burg‘ilash borasidagi yangi takliflar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.

    O‘rganishlar yakunida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi soha mutaxassislariga bu borada boshlangan ishlarni jadallashtirish maqsadida joriy yilda 5 ta konning 3D-geologik, 24 ta konning 3D-gidrodinamik va 19 ta konning yangi 3D-tarmoq modellarini yaratish borasida zarur ko‘rsatmalarni berdi.

    Belgilangan raqamlashtirish ishlarining samarali amalga oshirilishi respublika aholisi va iqtisodiyoti tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika resurslariga nisbatan tobora oshib borayotgan talabini qondirish maqsadida uglevodorod qazib chiqarish hajmlarini oshirishga katta hissa qo‘shishi alohida ta’kidlandi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan sohani raqamlashtirish va bu orqali uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni qo‘paytirish yo‘nalishlarida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    04.02.2021, 19:38   Izoh (0)   21772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorodagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi jabrlangan. Ulardan birining ahvoli og‘ir

    04.02.2021, 19:30

    Buxorodagi qurilishi bitmagan ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash oqibatida hech kim halok bo‘lmagan — FVV

    04.02.2021, 19:04

    Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov senator bo‘ldi

    04.02.2021, 18:59

    Buxoro shahridagi qurilishi yakunlanmagan ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (foto va video)

    04.02.2021, 18:32

    “Azon.uz” ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan tahdid bo‘lganligini isbotlovchi dalillari borligini ma’lum qildi

    04.02.2021, 18:22

    Shavkat Mirziyoyev Rishtondagi kulolchilik markaziga tashrif buyurdi

    04.02.2021, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.