Hokimlik axborotiga ko‘ra, bino Karomatov Jamshid Jalolovich rahbarligidagi White Group Trading MChJ tomonidan 2019-yilda aholi tomonidan qabul qilingan buyurtma orqali qurilishi boshlangan. Loyiha bo‘yicha 3 ta podyezdda jami 70 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish uchun davlat tomonidan kredit moliyalashtirilmagan.
Portlash vaqtida bino ichida 10 nafar quruvchi va 3 nafar gaz payvandlovchi ustalar bo‘lgan.
Gaz payvandlash ishlari 3 oy oldin boshlangan. 4-fevral kuni montaj to‘liq tugatilib, sinovdan o‘tkazilgan. Sinovdan o‘tkazish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan xonadonda gaz quvurining to‘sgichi (zaglushka) bo‘lmaganligi sababli sizib chiqqan gaz havo bilan aralashib, chaqnash sodir bo‘lgan.Buxoro viloyati hokimligi
Hodisa oqibatida 6 kishi jabrlangan. Ulardan 4 nafari ayollardir. Hokimlik jabrlanganlar haqida ma’lumot berdi:
- Rizoyev Ahad Toshevich,1982-yilda tug‘ilgan. Kogon shahridan, ahvoli og‘ir.
- Jo‘rayeva Feruza, Buxoro shahridan, ahvoli yengil.
- O‘rinova Shahnoza, 1981-yilda tug‘ilgan. Jondor tumanidan, ahvoli yengil.
- Roziqova Nargiza, 2000-yilda tug‘ilgan. Jondor tumanidan, ahvoli yengil.
- Jo‘rayev Bexruz, 1999-yilda tug‘ilgan, Jondor tumanidan, ahvoli yengil.
- Mahmudova Mohinur, ahvoli yengil.
“Daryo” muxbirining hodisa joyidan olgan dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ayollardan biri gugurt chaqishi oqibatida portlash yuzaga kelgan.
Izoh (0)