• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Rishtondagi kulolchilik markaziga tashrif buyurdi

    Shavkat Mirziyoyev Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazini borib ko‘rdi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Ta’kidlanishicha, ilgari rishtonlik kulollar o‘z uyida, tor ustaxonalarda ishlardi. Xorijlik turistlar uchun sharoit yo‘q bo‘lgan.

    Davlat rahbarining 2017-yil 17-noyabrdagi farmonidan keyin hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratila boshlandi. Mazkur farmonga muvofiq, o‘tgan yillarda Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida hunarmandchilik markazlari qurilgan. Rishtondagisi mashhur kulolchilik yo‘nalishida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Bu yerda 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni, Rishton tarixi muzeyi, bank xizmatlari markazi bunyod etilgan. Uylarning birinchi qavatida ustaxona va savdo do‘koni joylashgan, ikkinchi qavatda hunarmandlar oilasi yashaydi.

    Xonadonlarda 6 o‘rinli mehmonxona ham mavjud. Chet ellik sayyohlar bu yerda yashab, kulollarning ishi bilan tanishishi mumkin.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Markaz foydalanishga topshirilishi bilan 250 ga yaqin ish o‘rni yaratildi. Kulolchilik mahsulotlari Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

    Davlat rahbari O‘zbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov ustaxonasida bo‘ldi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kulolchilik buyumlarini ko‘zdan kechirdi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Bu idishlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor. Hamma yo‘nalishlarda milliy an’analarimizni tiklayapmiz. Sopol buyumlarni ham yana ommalashtirib, har bir xonadonga kiritish kerak. Ularni chet elliklar juda qadrlaydi. Chunki chiroyli, sifatli, ekologik toza. Yurtimizdagi har bir uyda mana shunday idishlar bo‘lsa, ham milliy iftixor, ham ma’naviyat bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident taniqli kulollar Muzaffar Saidov va Sharofiddin Yusupov xonadoniga ham kirib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Kulollarga aylanma mablag‘ va imtiyozlar berish, boshqa hududlarda do‘konlar ochishiga ko‘maklashish, mamlakatning xorijdagi elchixonalarida ko‘rgazma-savdo rastalari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Xalqaro kulolchilik markazida “Hunarmand” uyushmasining tuman bo‘limi, o‘quv markazi ham joylashgan.

    Qurilish jarayonida shu yerdagi Xo‘ja Rushnoiy maqbarasi obod qilingan edi. Davlat rahbari ushbu maqbarani ham ziyorat qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu yerda viloyatda “mahallabay” tizimi asosida yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

    Shavkat Mirziyoyev o‘z uyida tikuvchilik sexi ochib, mahalla xotin-qizlarini ish bilan ta’minlagan uchko‘priklik ayollar bilan muloqot qildi. Ular faoliyatini kengaytirishi uchun logistikaga qulay joyda zamonaviy kompleks qurib berish bo‘yicha mutasaddilarga vazifa qo‘ydi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: “Qo‘rqmanglar, ortingizda Prezident turibdi”
    • Shavkat Mirziyoyev: “Har bir yosh haqida ota-onasi qanday qayg‘ursa, men ham shunday qayg‘uraman”

    04.02.2021, 18:09   Izoh (0)   25254
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2020-yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar soni oshdi

    04.02.2021, 17:13

    Toshkent shahar hokimligi “Istiqlol” majmuasi “SUM” qarshisidagi hududda qurilishi yuzasidan qo‘shimcha izoh berdi

    04.02.2021, 16:24

    Shavkat Mirziyoyev: “Har bir yosh haqida ota-onasi qanday qayg‘ursa, men ham shunday qayg‘uraman”

    04.02.2021, 16:12

    Yangiyo‘lda 8 yoshli maktab o‘quvchisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. U muqaddam qotillik uchun sudlangan

    04.02.2021, 15:48

    Abdulla Aripov Ulug‘bek Maripovni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi

    04.02.2021, 15:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita “Azon.uz” tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini ma’lum qildi

    04.02.2021, 14:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.