• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikalik milliarder SpaceX’ning orbitaga xususiy parvozi pulini to‘ladi. Ekipajning bir a’zosi lotereya orqali aniqlanadi

    Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Inspiration4 tijoriy dasturi doirasida Falcon 9 eltuvchi raketasini to‘liq fuqarolik ekipajidan tashkil topadigan Dragon kosmik kemasi bilan orbitaga uchirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

    Foto: Meduza

    Parvoz 2021-yil 4-choragidan avval amalga oshirilmaydi. Ekipaj to‘rt kishidan iborat bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, ular orbitada bir necha kun bo‘ladi va Yer sayyorasini har 90 daqiqada bir aylanib chiqadi.

    Xabarga ko‘ra, Amerikaning Shift4 Payments kompaniyasi asoschisi va ijrochi direktori Jared Ayzekman parvozda ishtirok etish uchun allaqachon to‘liq to‘lov qilgan. Shuningdek, u hali tanlanmagan qolgan uch nafar ishtirokchining parvoziga homiylik qiladi. SpaceX qolganlarni tanlash uchun 26 kun muddat belgiladi. Ekipaj tarkibidan joy olish maqsadida tanlovda qatnashmoqchi bo‘lganlar kompaniyaning veb-saytiga murojaat qilishi mumkin.

    Jared Ayzekman

    Jared Ayzekman
    Foto: “Fokus”

    Ta’kidlanishicha, 37 yoshli Ayzekman bolalikdan kosmosga qattiq ishqiboz. 2008-yilda u “Soyuz” raketasining uchishini tomosha qilish uchun Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga kelgan. Bir necha yil o‘tib, NASA’ning Space Shuttle kosmik kemasining so‘nggi parvozlaridan biriga guvoh bo‘lgan.

    1-fevral kuni Ayzekman Inspiration4 missiyasi orqali  Memfis shahridagi St.Jude nomli bolalardagi saraton kasalliklarini o‘rganish va tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi kasalxona uchun 100 million dollar xayriya mablag‘lari yig‘ishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. U shaxsiy mablag‘i hisobidan kasalxonaga yana shuncha miqdorda xayriya qiladi.

    Ayzekman SpaceX kompaniyasiga bo‘lg‘usi parvoz uchun qancha pul to‘laganini oshkor qilmadi, ammo xayriyadan kutilayotgan mablag‘ missiya narxidan oshib ketishini ta’kidladi.

    Xabarga ko‘ra, Ayzekmen ushbu kasalxona xodimlaridan birini allaqachon missiya a’zosi sifatida tanlab qo‘ygan. Ekipajning uchinchi a’zosi St.Jude’ga xayriya qilganlar orasidan tasodifiy tanlanadi. To‘rtinchi ishtirokchi to‘lovlarni kompleks qayta ishlash va texnologik yechimlar bilan shug‘ullanuvchi Shift4 Payments kompaniyasining xizmatlaridan foydalanadigan kompaniyalardan birining egasi bo‘ladi.

    Inspiration4’ning kosmik sayyohlarni orbitaga olib chiqish bo‘yicha boshqa loyihalardan farqi shundaki, sayyohlarga professional astronavtlar hamrohlik qilmaydi.

    Missiya ishtirokchilariga Space X’da pullik mashg‘ulotlar olib borilishi va’da qilingan bo‘lib, ular Falcon 9 va Dragon’dan vaznsizlik va mikrogravitatsiya sharoitlarida foydalanishni o‘rganadi. Ular orbital mexanikani o‘rganadi, stressga oid testlardan o‘tadi, shuningdek, favqulodda holatlar bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnaydi. Shu bilan birga, kompaniya parvozning har bir bosqichi diqqat bilan kuzatilishini ta’minlashga va’da bermoqda.

    Missiya Kanaveral burnidan uchirilishi kutilmoqda, bir necha kundan keyin esa kema Florida qirg‘oqlari yaqiniga kelib qo‘nadi.

    Mavzuga doir:

    • Ilon Maskning kemasida XKSga uchadigan ilk sayyohlar ismi ma’lum bo‘ldi
    • Falcon 9 eltuvchi raketasi bir yo‘la 143 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi (video)
    • OAV: AQSh hukumati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshladi

    02.02.2021, 21:11   Izoh (0)   17551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShdagi 2020-yilgi qotillik darajasi so‘nggi o‘n yillik rekordini yangiladi

    02.02.2021, 20:10

    Vyetnamda koronavirusning “britancha” shtammi tufayli COVID-19 tarqalishi tezlashmoqda

    02.02.2021, 18:57

    Ozarbayjon Armanistonni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi. Armaniston Ozarbayjonni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga berdi

    02.02.2021, 15:23

    Jo Baydenning prezident sifatidagi reytingi pasaya boshladi

    02.02.2021, 14:22

    Xitoyda COVID-19’ga qarshi qalbaki vaksina sotgan 80 dan ortiq kishi hibsga olindi

    02.02.2021, 13:09

    Litvada ilk bor koronavirusning “britancha” shtammi aniqlandi

    02.02.2021, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.