Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Enn ismli “Arlekin Ixtiozi” kasalligi bilan tug‘ilgan qizaloq suratlari va videosini tomosha qilishni yaxshi ko‘radi.
Enn har 500 ming kishida kuzatilishi mumkin kasallik bilan tug‘ilgan. Uning och-pushti terisi doimiy ravishda ko‘chadi, qosh va kipriklari esa umuman ko‘rinmaydi.
Shunga qaramay, faol turmush tarzini olib boradigan qiz Instagram va TikTok’da mashhurlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan.
Kadrlarda asosan onasi bilan birga ko‘rinish beradigan qizning akalari singlisini juda ham yaxshi ko‘radi va unga g‘amxo‘rlik qiladi.
Mashhurlar orasida kamyob teri kasalliklari bilan og‘riydiganlar ko‘p uchraydi. “Amerikancha top model” ko‘rsatuvining 21-faslida ishtirok etgan va karyera borasida muvaffaqiyatga erishgan Vinni Xarlou buning yaqqol misoli.
Ma’lumot uchun, irsiy kasallik hisoblanadigan ixtioz genlar mutatsiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Terining muntazam ravishda ko‘chishi bilan birga bemorda og‘riq, ayrim hollarda immunitet susayishi va hazm jarayoni bilan muammolar kuzatiladi.
Izoh (0)